Qur’oni karimda: "œYer yuzidagi barcha hayvonlar va qushlar ham sizlarga o’xshash ummatlardir" , -degan oyat bor("œAn’om" surasi, 38-oyat).
, Bu oyatda olloh taolo hayvonlarni va qushlarni insonlarga o’xshash ummat ekanligi, ya’ni o’z ishlarini aql bilan ishlatishlarini eslatib o’tgan.
Bu ilmiy haqiqat bo’lib, yaqinda ashyoviy dalillar bilan kashf etildi.
Hayvonlar jamoat tarzida yashab, ularning orasida uzviy bog’lanish bo’lib, ba’zilari xuddi podsholikka o’xshab yashar ekan.Buni chumoli va asalari misolida ko’rish mumkin. Ularning har bir jamoasining alohida tiib bo’lib, o’zaro bir-birini tushunishar ekan. Qadimgi odamlar qush yoki hayvonlarning aql-zakovati borligini inkor etishgan. Ularning fikricha, bu narsalar tirik mavjudot bo’lib, sezish tuyg’ulari bo-ru, aqlsiz hisoblangan. Hayvon va qushlar harakatidan ko’rinib turgan aqlga dalolat qilguvchi tasarrufotlarni esa ilhom yoki tug’ma hissiyot deganlar. Mana shu fikr yaqin vatqlargacha hukm surib kelgan.
Dikarddek mashhur faylasuf ham hayvonlarni bir jonli narsa bo’lib, aqliy hayotdan yiroq, degan edi. Mana shu ta’rif mashhur bo’lib, ko’pincha olimlar shuni to’g’ri, deb tushunganlar va hayvonlarning aqli borligiga ishonmaganlar. Lekin XVIII — XIX asrga kelib hayvonlarning aqli borligini tan olishga majbur bo’ldilar. Buni birinchi bo’lib Dorun nomli olim kashf etdi. Uning aytishicha, hayvonda ham firklash qobiliyati bor-u, lekin insonnikidan kam ekan.
Qur’on 15 asr avval e’lon qilgan bu haqiqat uning mo’jizalaridan biridir.
Insonlar bu haqiqatga bir necha asr o’tib, ko’pgina olimlar o’z umrlarini shu ishga bag’ishlaganlaridan keyingina amin bo’ldilar.