Qur'oni Karim mo'jizalari  ( 25079 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Robiya  27 Oktyabr 2007, 17:11:17

Ushbu mavzuda muqaddas kitobimizda barcha mo'jizalar bilan tanishishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  27 Oktyabr 2007, 17:12:00

Kitobi ilohiyda ifoda etilgan kalimalarning hisob-kitobi aqllar lol qoladigan xulosalarni taqdim etadi.Unda:
"œDunyo" lafzi 115 marta, uning "œhamroh"i "œoxirat" so’zi ham shuncha marta; "œmaloika" so’zi 88 marta, "œshayton" ham 88 marta; "œhayot" lafzi 145 joyda, uning orqasidan yuruvchi "œo’lim" ham xuddi shuncha miqdorda; "œgunoh" so’zi 180 marta "œsolih amal" ham shuncha — 180 marta; "œnaf" va "œzarar" so’zlari ham bir xil — 50 martadan; "œnos"(odamlar) va "œrasul" so’zlari 368 o’rinda; "œrahmon" lafzi 57 joyda, "œrahiym" esa undan ikki baravar ko’p 114 marta; "œjazo" so’zi 117 marta,uning raqibi "œmag’firat" so’zi 234 marta; "œusr"(qiyinchilik) lafzi 12 joyda, "œyusr"(yengillik) so’zi undan 3 baravar ko’p — 36 marta zikr qilingan.
  "œAlloh haq bo’lgan kitobni va tarozi-adolatni nozil qilgan zotdir"(Sho’ro surasi,17-oyat) 
                                                            ("œMusulmonlar taqvimi" dan olindi)


Qayd etilgan


Robiya  05 Dekabr 2007, 15:27:03

  Qur’on — kishilarni to’g’ri yo’lga boshlash uchun tushirilgan kitob, koinot, mavjudot va ilmiy masalalarda bahs yuritish uning vazifasi emas.Lekin unda shunday bir ilmiy haqiqatlar borki, Qur’onning ilohiy, mo’jizakor kitob ekanligiga yana bir karra dalildir.
  Ma’lumki, Muhammad alayhissalom Makkada o’sgan, u yerda ilm-ma’rifat, madrasa yoki ilmiy muassasa aslo bo’lmagan.Demak, payg’ambar alayhissalom ilmiy muhitdan mutlaqo bexabar edilar.Lekin yuqorida aytganimizdek, Qur’onda shunday ilmiy masalalar zikr qilinganki, uni na o’sha vaqtda va na undan keyingi vaqtlarda ham hech kim bilmagan.Faqat bizning asrimizga kelib ilm — fan nihoyatda taraqqiy etgan bir davrdagina Qur’ondagi ilmiy hikmatlarga izoh topila boshladi. "œAnbiyo" surasida shunday deyiladi:
  "œKofirlar osmonlaru yer bir bo’lib turganini, biz ularni ajratganimizni va barcha jonzotlarni suvdan yaratganimizni bilmaydilarmi" (30 oyat)
  Bu oyatda aytilishicha, osmonlaru — yer aslida bir narsa bo’lib, keyin bir-biridan ajralgan, Qur’ondagi mo’jizalardan biri, uni hozirgi zamon ilmi ham tasdiqladi. Olimlarning aytishicha, butun borliq bir gazdan iborat, keyin bo’laklarga bo’lingan. Quyosh galaktikasiga kiruvchi olam ham shu bo’linishdan kelib chiqqan. Buning dalili sifatida ulamolar aytishadiki, yerda 92 xil modda bo’lib, shundan 67 tasi Quyoshda ham bor. Demak, yerdagi moddalarning hammasi ham Quyoshda borligi ehtimoldan holi emas. Quyoshdagi ko’plab moddalar yerda ham uchrar ekan. Masalan: kislorod, azot, fosfor, temir va hokazo"¦
  Oyda ham yerdagi moddalar mavjudligi aniqlandi. Bundan chiqdiki, olamdagi barcha narsalarning asli, Qur’onda aytilganidek, bir ekan.
  Endi oyatning "œva barcha jonzotlarni suvdan yaratdik" degan qismiga kelsak, bu — ulamolar sirini ochgan ilmiy haqiqatdan eng kattasi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
  Hayot va o’sish uchun zarur hisoblangan barcha kimyoviy o’zgarishlar, shubhasiz, suvsiz bo’lmaydi. Suv hayotning davom etishi, barcha koinot va nabototlarning yashashi uchun asosiy moddadir. Yer yuzining to’rtdan uch qismi suvdan iborat. Suvning xususiyatlaridan biri yer yuzidagi haroratning bir xil — mo’tadil saqlanib turishini ta’minlaydi. Axir bu — yer yuzida hayot bo’lishining bosh omili.
  Suvning xususiyatlari juda ko’p, ularning har biri Alloh taolo suvni o’zining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalolatdir.
  Suv — muzlaganda zichligi kamayib, hajmi kattalashadigan yagona modda. Shu xususiyat sababli sovuq qattiq bo’lganida muz suvning yuzasiga ko’tariladi, boshqa qattiq modda suv tubiga cho’kishi muqarrar edi.Muz esa suvning ustida turib uning haroratini saqlab turadi. Bu suv hayvonlari uchun nihoyatda zarurdir.
 Past darajali haroratda suv o’ziga ko’p miqdorda kislorod tortadi. Muzlagan suvdan esa harorat ko’tarilib, daryo va dengizlarda yashovchi suv hayvonlarining hayoti saqlanadi.
 Qur’onning xizmatini qarangki, ozgina so’zlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlari bayon etiladi. Faqat mana shu oyatning o’zi ham Muhammad alayhissalomning haqiqiy payg’ambar, Qur’onning haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga katta dalildir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Dekabr 2007, 08:01:47


Qayd etilgan


Chustiy  06 Dekabr 2007, 14:12:05

"Chudo Korana"  rus tilida e-manzili www.koranru.ru. Yaxshi kitob ekan.

Qayd etilgan


Robiya  19 Dekabr 2007, 11:42:55

Qur’ondagi "œFussilat" surasida shunday deyiladi: "œAytgin, sizlar yerni ikki kunda yaratganga kofir bo’lasizlarmi va uning sheriklari bor deysizmi. U — olamlarning parvardigoridir. U to’rt kunda yer yuzida tog’larni yaratgan, unga baraka urug’ini sochgan va unda yashovchilarning rizqini belgilab qo’ygan. Shundan so’ng osmonni qasd qildi, u esa tutun holiday edi. Alloh taolo osmonu zaminga xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham menga bo’ysuning, dedi. Ular biz o’z xohishimiz bilan bo’ysuhndik dedilar" (9 — 11 - oyatlar)
 Qur’onning mana shu oyatidan dunyo yaratilayotgan vaqtda osmon tutundan iborat ekanligi bilinib turibdi. Hozirgi ulamolar dunyoning yaralishi haqida turli fikrlarni ilgari surganlar. Jumladan, astronom olim Ser Jeyms Jins aytdiki:
 "œBorliq yaralishidan avval undagi moddalar gazdan iborat bo’lgan va shu gazlarning o’zaro birikishi natijasida sayyoralar kelib chiqqan".
  Doktor Jamu esa:
  "œDunyo vujudga kelayotgan vaqtda, u tartibli tarqoq gazdan iborat bo’lgan. Uning qalinligi va haroratini tasavvur qilib bo’lmaydi va shu gazda turli moddalarning aralashuvi natijasida atom parchalanishi vujudga keldi. Mana shu haddan tashqari issiq gazga qattiq bosimning ta’siri natijasida borliq vujudga kela boshladi. Issiq harorat pasaydi, gazlarning harakatlanishi natijasida bulutlar vujudga kelib, ular yulduz va boshqa sayyoralar sifatida shakllandi", - deydi.
  Qur’onda borliqning yaratilishi tutundan bo’lgan deyiladi. O’sha vaqtdagi arablarga mana shu so’z (ya’ni, tutun) tanish bo’lgan. Bizga zamondosh olimlar esa tutunni "œgaz" deb ataganlar , xolos. Mohiyati — bitta!
  Demak, yana savol tug’iladi: ilmiy muhitdan yiroq bo’lgan payg’ambarimiz Muhammad SAV inson zoti anglab yetmagan haqiqatni qayerdan olib aytgan? Payg’ambarimizga nozil bo’lgan oyat Alloh so’zi ekanligiga bu isbot emasmi?





Qayd etilgan


Robiya  28 Dekabr 2007, 13:25:35

"œZariyat’ surasida shunday deyiladi: "œOsmonni o’z qudratimiz bilan yaratdik va biz uni yana kengaytiruvchidirmiz." (27 - oyat)
  Ushbu oyat borliqning chegarasi yo’qligiga, ayni choqda borliqdagi kengayish qonuniga ham dalil bo’ladi. Eynshteynning aytishicha: "œBorliq milliardlab quyosh sitemasi kabi sistemalardan iborat. Har bir sistemada esa yuz minglab yulduz va sayyoralar bor". Kengayish qonuniga kelsak, munajjimlar zarrabin (teleskop) da ko’rinayotgan osmon jismlari tartibli ravishda Quyosh sitemamizdan uzoqlashib borayotganini aniqlashgan. Demak, borliq tinch turgani yo’q, balki bamisoli sovun pufakchalari kabi kengayib bormoqda va shu bilan birga undagi jismlarning hajmi o’zgarmay turibdi.
  Bundan 15 asr muqaddam Qur’on aytib o’tgan bu haqiqatni inson faqat XX asrda tushunish imkoniyatiga ega bo’ldi.



Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 11:38:34

"œYerdan boshqa sayyoralarda hayot bormi? "- degan savolga javob berish uchun munajjimlar ko’plab izlanishlardan keyin: "œHa, xuddi yerdagi kabi hayot bo’lishi mumkin", degan fikrga keldilar. Tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, Marsda harorat yetarli, suv va kislorod bor. Bularning uchalasi hayotning zarur omillaridir.
  Ulamolar Marsda hayot bor, degan fikrga kelgan bo’lsalar, demak, borliqdagi milliardlab sayyoralardan ayrimlarida hayot borligini inkor etib bo’lmaydi. Qur’onga nazar solsak, hech shak — shubhasiz yerdan o’zga sayyoralarda ham hayot borligini tushunamiz.
  Qur’on oyatlaridan birida:
"œAllohga yetti osmonu va yerda kim bo’lsa, barchasi tasbeh aytadi", deyilgan ("œIsro" surasi, 44 — oyat).
  Yana boshqa bir oyatda:
"œSening parvardigoring osmonlaru yerda kim borligini o’zi biladi", deyilgan ("œIsro" surasi, 55 - oyat).
  Yaqin kelajakda ulamolar o’zga sayyoralarda ham hayot borligini tasdiqlovchi ilmiy kashfiyotlar yaratsalar va bu bilan Qur’onning mo’jiza kitob ekanligini yana bir bor isbotlasalar ne ajab!

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:09:34

  "œAlloh Taolo kimni to’g’ri yo’lga solishni iroda qilsa, uning qalbini Islomga keng qilib qo’yadi va kimni adashtirmoqchi bo’lsa, uning qalbini xuddi osmonga chiqib ketayotgan odamnikidek tor qilib qo’yadi", deyiladi "œAn’om" surasida (125 - oyat).
  Odamlar fazoga tayyora, havo shari va boshqa vositalar yordamida ko’tarila boshlagandan so’nggina, havoning yuqori tabaqalarida kislorodning kamayishini bilib oldilar. Yuqoriga ko’tarilgan sari nafas olish qiyinlashib, kishining yuragi siqila boshlashi hodisasini endilikda yosh bola ham biladi. Lekin bu haqiqatni, na kattalar va na allomalar anglab yetmagan bir zamonlarda Qur’onda aytilgan ekan — ku!
  Quro’n oyati kim osmonga ko’tarilsa, yuragi siqilishini sezadi, degan. Qolaversa, bu ham pasttekisliklardan iborat, tog’lari uncha baland bo’lmagan bir diyorda yashovchi savodsiz odamning ilmiy haqiqatimi?..

Qayd etilgan


Robiya  24 Yanvar 2008, 12:23:05

Qur’oni karimning "œYunus" surasida shunday oyat bor:
  "œSening parvardigoring yer yuzida va osmonda bir zarracha yoki kichikroq yoki kattaroq narsa ham maxfiy qolmaydi" (61- oyat)
  Kishi bilgan narsalarning eng kichigi zarra (atom) hisoblanadi. XIX asrgacha olimlar o’rtasida, atom bo’linmaydi, degan fikr bor edi. Bir necha o’n yillar davomida ko’pgina olimlar atom ham bo’linarmikan, degan tajribalar olib bordilar va natijada atomni parchalashga muvaffaq bo’ldilar.
  Atom — elektron, proton va neytronga bo’linar ekan.
  Qur’ondagi "œzarradan, ya’ni atomdan kichikroq narsa ham Allohdan maxfiy qolmaydi" degani, atom ham bo’laklarga bo’linadi deganidir. Yana Qur’onda "œosmonda ham" degan so’z bor, bundan kelib chiqadiki, yerdagi atomlar bilan osmondagi atomlarning xususiyatlari bir xil ekan.
  Insof bilan aytingchi, bundan 15 asr muqaddam Muhammad ismli savodsiz bir kishi atomning xususiyatlarini qayerdan o’rgangan? Atomning bo’linishi va uning osmonda ham, yerda ham bir xil xususiyatga ega bo’lishini qanday qilib bilgan? Mana shu dalil ham Qur’onning ilohiy kitob ekanligiga yorqin dalil emasmi?!

Qayd etilgan