Qur’on — kishilarni to’g’ri yo’lga boshlash uchun tushirilgan kitob, koinot, mavjudot va ilmiy masalalarda bahs yuritish uning vazifasi emas.Lekin unda shunday bir ilmiy haqiqatlar borki, Qur’onning ilohiy, mo’jizakor kitob ekanligiga yana bir karra dalildir.
Ma’lumki, Muhammad alayhissalom Makkada o’sgan, u yerda ilm-ma’rifat, madrasa yoki ilmiy muassasa aslo bo’lmagan.Demak, payg’ambar alayhissalom ilmiy muhitdan mutlaqo bexabar edilar.Lekin yuqorida aytganimizdek, Qur’onda shunday ilmiy masalalar zikr qilinganki, uni na o’sha vaqtda va na undan keyingi vaqtlarda ham hech kim bilmagan.Faqat bizning asrimizga kelib ilm — fan nihoyatda taraqqiy etgan bir davrdagina Qur’ondagi ilmiy hikmatlarga izoh topila boshladi. "œAnbiyo" surasida shunday deyiladi:
"œKofirlar osmonlaru yer bir bo’lib turganini, biz ularni ajratganimizni va barcha jonzotlarni suvdan yaratganimizni bilmaydilarmi" (30 oyat)
Bu oyatda aytilishicha, osmonlaru — yer aslida bir narsa bo’lib, keyin bir-biridan ajralgan, Qur’ondagi mo’jizalardan biri, uni hozirgi zamon ilmi ham tasdiqladi. Olimlarning aytishicha, butun borliq bir gazdan iborat, keyin bo’laklarga bo’lingan. Quyosh galaktikasiga kiruvchi olam ham shu bo’linishdan kelib chiqqan. Buning dalili sifatida ulamolar aytishadiki, yerda 92 xil modda bo’lib, shundan 67 tasi Quyoshda ham bor. Demak, yerdagi moddalarning hammasi ham Quyoshda borligi ehtimoldan holi emas. Quyoshdagi ko’plab moddalar yerda ham uchrar ekan. Masalan: kislorod, azot, fosfor, temir va hokazo"¦
Oyda ham yerdagi moddalar mavjudligi aniqlandi. Bundan chiqdiki, olamdagi barcha narsalarning asli, Qur’onda aytilganidek, bir ekan.
Endi oyatning "œva barcha jonzotlarni suvdan yaratdik" degan qismiga kelsak, bu — ulamolar sirini ochgan ilmiy haqiqatdan eng kattasi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Hayot va o’sish uchun zarur hisoblangan barcha kimyoviy o’zgarishlar, shubhasiz, suvsiz bo’lmaydi. Suv hayotning davom etishi, barcha koinot va nabototlarning yashashi uchun asosiy moddadir. Yer yuzining to’rtdan uch qismi suvdan iborat. Suvning xususiyatlaridan biri yer yuzidagi haroratning bir xil — mo’tadil saqlanib turishini ta’minlaydi. Axir bu — yer yuzida hayot bo’lishining bosh omili.
Suvning xususiyatlari juda ko’p, ularning har biri Alloh taolo suvni o’zining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalolatdir.
Suv — muzlaganda zichligi kamayib, hajmi kattalashadigan yagona modda. Shu xususiyat sababli sovuq qattiq bo’lganida muz suvning yuzasiga ko’tariladi, boshqa qattiq modda suv tubiga cho’kishi muqarrar edi.Muz esa suvning ustida turib uning haroratini saqlab turadi. Bu suv hayvonlari uchun nihoyatda zarurdir.
Past darajali haroratda suv o’ziga ko’p miqdorda kislorod tortadi. Muzlagan suvdan esa harorat ko’tarilib, daryo va dengizlarda yashovchi suv hayvonlarining hayoti saqlanadi.
Qur’onning xizmatini qarangki, ozgina so’zlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlari bayon etiladi. Faqat mana shu oyatning o’zi ham Muhammad alayhissalomning haqiqiy payg’ambar, Qur’onning haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga katta dalildir.