O'zbek xalq maqollari  ( 204962 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 59 B


Nodi  17 Iyul 2006, 07:54:40

Qimorboz boy berganda jamshidni yodlar,
Boy bo'lganda esa qochishni yodlar.

* * *

Quruq supraga duo yo'q sendan menga davo yo'q.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:54:47

Ona bilan bola gul bilan lola.

* * *

Onaning ko'ngli bolada,
bolaning ko'ngli dalada.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:54:53

Ota rozi hudo rozi,
ona rozi payg'ambar rozi.

* * *

Qizi borning nozi bor.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:55:00

Qizi bor o'ylab gapirar,
O'g'li bor kuylab gapirar.

* * *

Qush uyasida ko'rganini qiladi.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:55:08

Qizim senga aytaman,
Kelinim sen eshit.

* * *

Qizimning qaynonasi yomon,
Mening - kelinim.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:55:17

Chiqqan qiz chig'iriqdan nari.

* * *

Epli kelin sepli kelin

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:55:23

Araq ichgan ,
O'ziga kafan bichgan.

* * *

Kelinni kelganda ko'r,
sepini yoyganda ko'r.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:55:30

Aroqho'r , o'ziga qonho'r.

* * *

Arpa qaerda pishsa ,
Chumchuq o'sha erda.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:55:41

Achchiq - dushman, aql - do'st.

* * *

Baliq chuqur joyni ,
Odam yaxshi joyni istar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:55:51

Barimtadan qo'rqqan mol yig'mas,
Chigirtkadan qo'rqqan ekin ekmas.

* * *

Bekorga mushuk oftobga chiqmas.

Qayd etilgan