O'zbek xalq maqollari  ( 204968 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 59 B


Nodi  17 Iyul 2006, 07:58:02

Yomonning oshiga borguncha
Yaxshining ishiga bor.

* * *

Yomonning oshnasi ko'p,
Joniga foydasi yo'q.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:58:15

Yomoning to'rida yotguncha
Yaxshining bo'sag'asida yot.

* * *

Yomoning o'yini yomon,
Buqaning - bo'yini.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:58:45

Yedirganga yem berar,
Edirmaganga ne berar.

* * *

Yedirsang, yeyarsan ,
Kiydirsang, kiyarsan.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:58:55

Yomonning o'g'li bo'lguncha
Yaxshining quli bo'l.

* * *

Yomoning xizmatini qilguncha,
Yaxshining qurboni bo'l.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:59:02

Yomoning qo'liga berguncha,
Yaxshining yo'liga ber.

* * *

Yoshligingda eksang terak
Ulg'ayganda o'zingga kerak.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:59:08

Irimchi irim etar
Irimi qirin ketar.

* * *

Itni o'ldirganning o'zi ko'mar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:59:15

Ishlaganing - menga
O'rganganing - o'zingga.

* * *

Yo'qolib topilgan mol - o'lja
Og'rib sog'aygan jon - o'lja.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:59:21

Kabob seli bilan.

* * *

Karvon o'tar, izi qolar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:59:28

Kasalni mayiz emas
Achchiq dori tuzatar.

* * *

Katta-katta gapirguncha
Katta burda non tishla.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:59:34

Keksa qassob tushiga
Tunda mingta qo'y kirar.

* * *

Kengashda kenglik ko'p.

Qayd etilgan