O'zbek xalq maqollari  ( 336000 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:27

Toyni toy deb ho'rlama,
Erta indin ot bo'lar.

* * *

Tog' bo'risiz bo'lmas,
To'qay arslonsiz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:33

Tuya silkansa, eshakka yuk chiqar.

* * *

Chopqir ot - o'tkir pichoq.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:40

Etning yaxshisi - qazi,
Itning yaxshisi - tozi.

* * *

Echki qo'y bo'lmas,
Eshak - toy.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:47

Yaxshi ot yod qoldirar
Yomon ot lat qoldirar.

* * *

Yaxshi ot jonga sherik,
Yomon ot - molga.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:55

Cho'pon bo'lsang, qo'yni boq,
Moy toshsin choradan.
It boqqanda, sirtlon boq,
Qo'y oldirmas qo'radan.

* * *

El tinsa ham it tinmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:05

Etik kiysang, er bo'lasan
Otga minsang, sher bo'lasan.

* * *

Yaxshi ot sho'rvasini orttirar,
Yomon ot - qamchisini.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:12

Qalmoqa ot qoqilmas,
Qoqilsa ham yiqilmas.

* * *

Qarg'a keldi, qish keldi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:20

Yaxshi ot -ko'pniki.

* * *

Yaxshi ot oyog'idan ozar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:28

Jinga ishongan baxshini tinglaguncha ,
Chinga ishongan yaxshini tingla

* * *

Zo'rga ham zo'r bor.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:37

Ayol tilini ayol bilar.

* * *

Bahorgi jo'jani kuzda sana.
Kelinni kelar yili sina.

Qayd etilgan