O'zbek xalq maqollari  ( 336739 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:44

Bir ko'rgan yuz eshitgandan yaxshi.

* * *

Bir minarga ot berma.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:51

Birovga qolgan kun - tong otmagan tun.
Birovning ishi - ko'ngilning hushi.

* * *

Birovning ishiga sarotonda qo'l sovqatar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:27:57

Bit ham bo'lsa - panoh.

* * *

Bozorim bozor emas, ovulim - bozor.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:28:03

Bozorning ota onasi yo'q.

* * *

Bo'ladigan bola boshdan ma'lum.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:28:10

Vorisning ham vorisi bor.

* * *

Gumon iymondan ayirar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:28:16

Gumondor ko'ngildan gumon arimas.

* * *

Dalaning ko'kiga, odamning po'kiga ishonma.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:28:22

Dini boshqaning fe'li boshqa.

* * *

Do'stim deb siringni aytma,
Do'stingni ham siri bor.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:28:29

Do'stlik sinovda chiniqar.

* * *

Do'stni so'rab sina.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:28:36

Yovni qora qochirar.

* * *

Yomg'irda ot tanlama,
Hayitda - qiz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:28:45

Yong'oq mag'zin po'st tutar,
Sirni - hushyor do'st.

* * *

Yong'oq ming yashar,
Archa bilan teng yashar.

Qayd etilgan