O'zbek xalq maqollari  ( 184453 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 59 B


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:09

Baxildan omonat ajab,
Karimdan xiyonat ajab.

* * *

Baxilning tuynugidan yel kirmas,
Eshigidan - el.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:16

Baxilning hurmati bo'lmas.

* * *

Baxilning bog'i ko'karmas.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:23

Yaxshining ko'ngli - tog'
Yomonning ko'ngli - dog'

* * *

Yomon baxil bo'lar,
Yaxshi - ahil.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:29

Yomonning niyati - buzuq,
Yaxshining niyati - tuzuk.

* * *

Ilon goh-goh chiqar,
Yomon doim chiqar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:36

Kimki bo'lsa dilozor,
Undan elu yurt bezor.

* * *

Odil kishi oyday,
Oqib turgan soyday.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:43

Yigitning moli bo'lguncha, ori bo'lsin.

* * *

Ko'z qarisa ham, ko'ngil qarimas.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:49

Muhabbat yosh tanlamas.

* * *

Chiqmagan jondan umid.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:56

Joni borning umidi bor.

* * *

Umiddan - dunyo, noumid - shayton.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:02

Umid - o'rga, umidsizlik go'rga tortadi.

* * *

Qarining ko'zi qozonda.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:12

Qarg'a qag'illab g'oz bo'lmas,
Kampir shingqilib qiz bo'lmas.

* * *

Qari o'ynasa, qiyomat.

Qayd etilgan