O'zbek xalq maqollari  ( 187854 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 59 B


Nodi  19 Iyun 2006, 06:43:35

Bir yugitga qirq hunar oz

* * *

Odobli bola elga manzur.

* * *

Buzoqning yugurgani somonxonagacha.

* * *

Qari bilganni pari bilmas.

* * *

O'zinga yahshilik tilasang,
O'zgaga yomonlik qilma

* * *

O'zinga yahshi - olam yahshi

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:44:04

Birovni qarg'asang, o'zinga urar.

* * *

Birni bersang otangga,
Mingni olasan bolangdan.

* * *

Bolam sevsin desang, bolasini sev.

* * *

Dunyo yorug' bo'lsin desang,
Uyingga chiroq yoq.

* * *

Obod qilgan obod bo'lar.

* * *

Odam bo'lish oson,
Odamiy bo'lish qiyin.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:44:33

Oldin pichoqni o'zinga ur
Og'rimasa, birovga ur

* * *

Saroy qurib, shahar buzma.

* * *

Tilagi yahshi obro' topar,
Tilagi yomon - zavol.

* * *

Yahhsilik nur keltirar,
Yomonlink - zulmat.

* * *

Yahshilik eksa, esonlik o'rar

* * *

Yahshilik ikki jahonni orttirar.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:45:03

Qadrlasang qadring oshar,
Qadrsizdan hamma qochar.

* * *

Vafo qilgan vafo topar,
Jafo qilgan jafo topar.

* * *

Kelin bo'ldim - qaynonamga yoqmadim.
Qaynona bo'ldim - kelinimga yoqmadim.

* * *

Qaynonaga tosh otsang, tosh olasan.
Qaynonaga osh bersang, osh olasan.

* * *

Qo'shninga yomonlik so'ginma.

* * *

Tagrining molini shayton qizg'anar.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:45:39

Davogaring xon bo'lsa,
Arzingni Allohga ayt.

* * *

Himmat - erdan, arvoh - go'rdan.

* * *

Himmatli ko'kka ko'tarilar,
Himmatsiz yerga ko'milar.

* * *

Himmati yo'qning hurmati yo'q.

* * *

Har kim himmatiga yarasha topar.

* * *

Himmatli himmatlidan topar.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:46:20

Xon oddiylik qilmasa,
Xonumonidan ayrilar.
Boy hayrlik qilmasa,
Bor molidan ayrilar.

* * *

Saxiyning hayiriga bahilning boshi og'rir.

* * *

Xayr qilsang, butun qil.

* * *

Xayrli qo'l qayrilmas.

* * *

Eshak bo'lsin, xayrli bo'lsin.

* * *

Yahshilik qil, daryoga tashla,
Baliq bilar,
Baliq bilmasa,
Xoliq bilar.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:46:47

Ko'ngli ochiqning - ko'ngli ochiq,
Ko'ngli ochiqning - yo'li.

* * *

Ana-mana deguncha,
Yaxshi-yomonni bilgin.

* * *

Do'st - oshkor, dushman yashirin.

* * *

Do'stga yolg'on, dushmanga chin gapirma.

* * *

Do'stag lola bo'l,
Yovga jala bo'l.

* * *

Do'stga hiyonat qilma,
Dushmanga - shafqat.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:47:13

Hisobdan adashsang ham, do'stdan adashma.

* * *

Asil dushman do'st bo'lmas,
Qaynab qoni qo'shilmas.

* * *

Asli dushman el bo'lmas,
Etakni kessang, yeng bo'lmas.

* * *

Dushman do'st orasidan chiqar.

* * *

Vafoli do'st yo'lga solar,
Ig'vogar do'st payidan olar.

* * *

Dushman siringni og'irlar,
Xatoyingni to'g'irlar.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:47:44

Dushman terisidan do'sting uchun po'stin bich.

* * *

Dushman uyida yashagandan,
Do'st uyida olgan yaxshi.

* * *

Dushman chaqirsa borma,
Do'st chqirsa qolma.

* * *

Dushmanga choh qaziguncha,
Do'stinga uy solib ber.

* * *

Dushmanga o't ber,
Do'stinga - sut.

* * *

Dushmaning donidan,
Do'sting somoni yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:48:15

Bugun edim - yetdim,
Erta edim - o'tdim.
Hamma hayitga chiqganda,
Xumga kirib yetdim.

* * *

Daryo-daryo qabul qil,
Tomchi-tomchi yubor.

* * *

Donni yiqqan donodir.

* * *

Ota mulki bo'lsa ham, ayab ye.

* * *

Sog'ib ichsang, ming kunlik.
Sotib ichsang, bir kunlik.

* * *

Tejab yegan farmonda,
Tejamagan - armonda.

Qayd etilgan