O'zbek xalq maqollari  ( 174136 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 59 B


Nodi  19 Iyun 2006, 06:49:02

Tejog'lik ro'zg'or - bejog'lik qo'g'irchoq.

* * *

Hisobini bilgan - bir yil yetim,
Hisobini bilmagan - ming yil yetim.

* * *

Qirib yesang, qirq kunga yetadi,
O'yib yesang, o'n kunga yetadi.

* * *

Har kuni yema palovni,
Har kuni yoqqil olovni.

* * *

Taom tuz bilan,
Tuz o'lcham bilan.

* * *

Tejamkor zoriqmas,
Tejamsiz boyiqmas.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:49:28

Yomon til yo jonga urar,
Yo imonga.

* * *

Ko'ngilni qo'l bilan ovlamasang,
Til bilan ovla.

* * *

Yo'g'onni yo'nib ye,
Ingichkani cho'zib ye.

* * *

Qivun yesang saxar ye,
Saxar yemasang zahar ye.

* * *

Siylaganni puling bo'lmasa,
Siypalagani tiling bor.

* * *

Qo'lingni yuvib yur,
Nima yeyishingni bilasan.
Og'zingni tiyib yur,
Nima diyishingni bilasan.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:50:13

Qo'lingni qarmovda tiy,
Tilingni - yig'inda.

* * *

Har bir so'zni bilib ayt,
Ko'pga ma'qul qilib ayt.

* * *

Joni achigan Tangrisini qarg'ar.

* * *

Kasal ko'rsang, ko'ngil ko'tar.

* * *

Kasalni tabib emas, habib tuzatar.

* * *

Sog'likdan hurlik yo'q.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:50:41

El sog'ligi - yurt boyligi.

* * *

Ayrilmas qo'shningga uyatli so'z aytma.

* * *

Baraka - inoqlikdan,
Boqiylik - quvnoqlikdan.

* * *

Do'sting bilan dildosh bo'l,
Qilar ishiga qo'ldosh bo'l.

* * *

Inoqlik jon kiritar,
Niyat buzilsa, jon ketar.

* * *

Ittifoq bitar, noittifoq yitar.

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyun 2006, 06:51:11

Oila ahil bo'lsa,
Omad o'z oyog'i bilan kelar.

* * *

Suyanishgan yiqilmas.

* * *

Duo bilan el ko'karar,
Yomg'ir bilan yer ko'karar.

* * *

Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan musulmon dinidan chiqar.

* * *

Talashgan yerda tariq bitmas.

* * *

Tiriklikda siylashgan yaxshi,
G'ariblikda - munglashgan.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:33:29

Totuvlik - baxt,
Totuvsizlik - qulagan taxt.

* * *

"Xorma" degan holga quvvat,
"Bor bo'l" degan belga quvvat.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:33:36

"Ha" degan xalqqa madad.

* * *

Bir shirin so'z bitkazar,
Ming ko'ngilning yarasin.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:33:42

Go'sht-yog' berma, yaxshi til ber.

* * *

Qo'lingdan bermasang,
Yo'lingdan ber.
Yo'lingdan bermasang,
So'zingdan ber.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:33:48

Xudoning berganiga
Shaytonning baxilligi kelibdi.

* * *

Baxil avliyo bo'lmas,
Avliyo baxil bo'lmas.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:34:02

Baxil, bo'lmaydi ahil.

* * *

Baxil bo'lma, saxiy bo'l,
O'smog'inga to'g'ri yo'l.

Qayd etilgan