Tejog'lik ro'zg'or - bejog'lik qo'g'irchoq.
* * *
Hisobini bilgan - bir yil yetim,
Hisobini bilmagan - ming yil yetim.
* * *
Qirib yesang, qirq kunga yetadi,
O'yib yesang, o'n kunga yetadi.
* * *
Har kuni yema palovni,
Har kuni yoqqil olovni.
* * *
Taom tuz bilan,
Tuz o'lcham bilan.
* * *
Tejamkor zoriqmas,
Tejamsiz boyiqmas.