O'zbek xalq maqollari  ( 336191 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 59 B


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:22

Qariyada ilonning shoxidan boshqa hamma narsa topiladi.

* * *

Yoshlik bir marta keladi,
Go'daklik - ikki marta.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:28

Orzuga ayb yo'q.

* * *

Qarib quyilmagan,
Achib suyilmas.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:37

Oltin zanglamas,
Oshiqlik yosh tanlamas.

* * *

Qalbga qarilik yo'q,
Sevgiga - o'lim.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:43

Arslon qarisa quyrug'ini yo'nar.

* * *

Bola - shirinlikning adoyi,
Qariya - shirin so'zning gadoyi.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:49

Yosh bilmaydi,
Katta qilmaydi.

* * *

Dard yomon, darddan qarilik yomon.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:35:55

Yoshni hudo siypalar,
Qarini - ovqat,

* * *

Yoshni duo asrar,
Qarini hudo asrar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:36:02

Yoshu qaining joni bor,
Oriq-semizning imoni bor.

* * *

Qarida xislat ko'p.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:36:08

Qarilik - bolalik.

* * *

Qirqida surnaychi bo'lgan o'lganda chalar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:36:15

Har kimning joni o'ziga shirin.

* * *

Qolgan ishga qor yog'ar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:36:21

Nodon bosh bo'lmas, ko'pik osh bo'lmas,
Qarilik qaytib, qayta yosh bo'lmas.

* * *

Uzoq bo'lsa ham yo'l yahshi,
Qari bo'lsa ham qiz yahshi.

Qayd etilgan