To'rtliklar  ( 58164 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 21 B


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:01:45

O’zi buyurmoqqa o’rgangan kishi,
Qiyin boshqalarga quloq solishi.
Kim agar o’sibdi nozu ne’matda,
Holi og’ir bo’lar qolsa kulfatda.
                   ***
Darvesh agar yuz noma’qul ish qilsa,
Biriga ham do’stlar qilmas e’tibor.
Ammo podshoh biror hazil so’z desa,
Iqlimdan iqlimga o’tadi takror.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:02:13

Kimga yoshligidan berilmas odob,
Ulg’aygach bo’ladi baxtsiz, dili g’ash.
Ho’l novda egilar qay xilda egsang,
Quruqni to’g’rilar faqat o’t — otash.
                   ***
Yubordi o’g’lini maktabga podsho,
Qilib qo’yniga nuqra taxtacha jo.
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:
"œOta mehridan afzal jabri ustod".


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:02:40

Kiriming bo’lmasa, chiqimni to’xtat,
Qayiqchilar kuylar shunday bir qo’shiq:
"œAgar toqqa yomg’ir yog’ib turmasa,
Bir yilda Dajla ham bo’lar qup-quruq".
                     ***
Kimni mashhur etmish saxiylik, karam,
Qulfga tushmasin dinoru diram.
Yaxshi nomi chiqqan bo’lsa ko’chaga,
Odamlardan eshik yopolmas hecham.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:03:08

Past nodon mastlikda o’ylamas aslo,
Ne kechar ahvoli yo’qlik kunida.
Bahorda bargi mo’l daraxtlar nochor,
Yalang’och qolar qish izg’irinida.

                     ***
Ishonmagil maddoh, so’zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:03:36

Eshitdim, Mashriqda bir chinni kosa,
Qirq kunlik mehnatda ochilur naqshi.
Mardoshda yasashar kunda yuz dona,
Qiymatini o’zing bilasan yaxshi.
                    ***
Cho’lda o’z ko’zlarim bilan ko’rganman,
Yo’lda qolib ketar shoshqaloq odam.
Shamoldek samanlar chopib toladi,
Sarbon bir me’yorda tashlaydi qadam.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:04:00

Kamolu fazldan bebahra bo’lsang,
Og’zing ocha ko’rmay tilingni tiygil.
Odamning o’z tili qilur sharmanda,
Puch yong’oqning vazni kelgandek yengil.
                    ***
Odamning ustiga qarab bir kunda,
Ilmu darajasin bilsa bo’ladi.
Va lekin dilidan bo’lma xotirjam,
Yillar o’tib bir kun oshkor qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:04:38

Tirik jonin oson bo’lar hal,
O’lik tirilmaydi qayta hech mahal.
O’qchida sabr bo’lsa, aqldan nishon,
Kamonga qaytmaydi uchgan o’q hech on.
                       ***
Oqilga past kishi ko’rguzsa jafo,
Ko’p alam chekmasin bo’lib dilsiyo.
Aron tosh sindirsa zar kosani gar,
Tosh narxi oshmaydi, pastga tushmas zar.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:05:03

Bo’lsa johil mahrumu kalta aql,
Yaxshiroqdir beamal olimdan ul.
Toydi yo’ldan chunki u ko’zsiz so’qir,
Bul yiqilmish choh aro ko’zlarda nur.
                     ***
Tabibga ko’rsatmay kasal tomirin,
Tuzalmoq xayoli xomdir, hushyor bo’l.
Bilmaganing so’ra, so’rash nomusi,
Bilki bilimdonlik va hurmatga yo’l.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:05:24

Gaping chinligini yaxshi bilmasdan,
Og’zing ochib aslo so’zga urma dam.
Yolg’on seni banddan qilsa ham xalos,
Rost gapirgil, agar bandda qolsang ham.
                      ***
Keyin ursang hamki, tosh bilan yuz bor,
It unutmas bergan ovqating aslo.
Pastlarni bir umr erkalasangu,
Sal qattiq gapirsang, boshlar mojaro.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:06:09

Qush tushmas pastdagi dona ustiga,
Tuzoq uzra ko’rsa o’zga bir qushni.
Boshqalarga ibrat bo’lmayin desang,
O’zing ibrat olib yuritgil ishni.

  Sa'diyning to'rtliklari tugadi.

Qayd etilgan