To'rtliklar  ( 86742 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 21 B


Robiya  27 Fevral 2008, 09:41:10

Seni izlab erdim har nafas, har dam,
Har bir so’zing qalbim dardiga malham.
Yaktaging barini surtaman ko’zga,
Sen anqo urug’i — samimiy odam!

                   *  *  *
Badbaxtlikni baxt deb bilibman,
Naq do’zaxni taxt deb bilibman.
Kechir, Rabbim! Gunohli damni —
Saodatli vaqt deb bilibman.

Sadriddin Salim Buxoriy.

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:57:18

Ganj kerakmi? Izla vayronalarda,
Shodlikmi? Topg’aysan g’amxonalarda.
Dur kerakmi? Toshlar orasida u,
Haqiqatmi? Ertak, afsonalarda"¦

*  *  *

Gar so’zlar bo’lmas salaflar so’zicha,
Yerni idrok qilur har kim o’zicha.
Dedilar: "œSupracha, tirnoq yuzicha",
Bizga yer tasbeh donasi ko’zicha.

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:58:42

Sanoni nafaqat til, yurak aytur,
Jism ila jon birga-mushtarak aytur.
Uch yuz oltmish tomir ham tordek titrab,
Junbushda to’rt yuz qirq so’ngak aytur.

*  *  *

Elga emas, o’zima hayronadurman,
Hamma yaxshi, men nega yomondurman?
Uyni yodlash, ketmak g’ami dilda yo’q,
Qadrin bilmas men nechuk mehmondurman?

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:59:53

Elga terroru tug’yon vahmidan xavf,
Dilga shubhayu bo’hton zahridan xavf,
Agar iymon butun, kufr senga naylar,
Dinga noqis musulmon sharridan xavf.

*  *  *

Bir qarasang, qaytar dunyo — bu dunyo,
O’chakishsang, qaysar dunyo — bu dunyo,
Rozi bo’lsang, tildan kelgan baloga,
To’g’ri so’zni aytar dunyo — bu dunyo.

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 11:02:22

Ey alif, egilma, dolga o’xshama,
Kerak payt haqni de, lolga o’xshama,
Gumrohga ergashib, qayon borursan?
Yetaklasa, yurgan molga o’xshama!

Fozil Zohid.

Qayd etilgan


Mahzunabonu  07 Mart 2008, 19:28:32


Ла илаҳа иллаллоҳни тилимиз айтар осон
Аммо ушбу калимани дунёни қилган ҳайрон
Саҳобалар даврига олтин қаср қурдирган
Талстойдек зотларни черковдан юз бурдирган

Гётени ҳайрат ила Исломга қилган мойил
Айни шу калимадир биродар бизга қойил
А­ртадан кечга томон унитилмай айтамиз
Аммо қачон гуноҳдан маъсистдан қайтамиз

Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Muhammadali  11 Mart 2008, 20:20:14

MUNOJOT

Xoliqo!
Qoyilman o'z nuqsonima,
Ko'b jafo qildim o'zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa,
Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmog'il rasvo mani - sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.

Xoliqo!
To'ktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-ko'sini.
Qo'llaring bulg'onsa isyon loyig'a
Oqizursan mag'firat daryosini.

Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo ahad!

Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima bo'ldi balo.
Garchi Olloyor O'tarchidur yomon,
Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.

Xoliqo!
Tutdim farog'at xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur g'arqi gunoh,
Och ango o'lganda rahmat bobini.

Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.

Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber,
Onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Xoliqo!
Afv ayla o'tgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi
Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.

Xoliqo!
Diydamg'a ashki zori ber,
Ko'ngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.

Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoring'a,
Bandadurman,zorman har bir koring'a.
Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,
Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.

Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.

So'fi Olloyor

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 15:58:26

To'lan Nizom to'rtliklari:

Dunyo nima o’zi, siri qayerda?
O’sha kam deyilgan biri qayerda?
To’lan Nizom boshi yerday aylanur,
Uni biladigan piri qayerda?


Iymon, vijdon qani, qaydan topamiz,
E’tiqod, ixlos deb qayga chopamiz,
Qandoq yashiramiz nuqsonni eldan,
Oyni etak bilan qandoq yopamiz.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 15:59:07

Haromni gunohga botib ham yeysan,
Turib yeysan, hatto yotib ham yeysan,
To’lan Nizom deydi: joynamozingni
Bir kuni to’ymasdan sotib ham yeysan.

Kel, ey, do’stga qo’l ber, yurganda yo’l ber,
Gar hovuz so’rasa, sen unga ko’l ber.
Dengiz ber, daryolarni ber, yana u
Nimani istasa, shuni ber, mo’l ber.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 15:59:50

Umring bor, dunyoni sayohat ayla,
To’liqsang mozor bor, ibodat ayla.
Ko’ngil ochilmasa, Turkistonga bor,
Ahmad Yassaviyni ziyorat ayla.

Ana, o’tga tushdi, yonmadi shoir,
Haqiqat dardiga qonmadi shoir.
Ko’rgil, Mashrab hazratlari o’lmagay,
Chunki o’zligidan tonmadi shoir.

Qayd etilgan