To'rtliklar  ( 86881 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 B


shoir  18 Iyun 2008, 11:10:27

Odamni tanitgan til bilan qo’ldir.
Yo’lidan chalg’itgan o’ng bilan so’ldir.
Dunyoda hikmat ko’p, ibratli bo’lgin
Kemtiging ko’rsang gar, tek turmay to’ldir.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 11:10:38

Rostingni aytolsang o’zingga foyda,
Halovat bo’lmaydi yolg’on bor joyda.
Ming ishlov bersangda spool chinnimas,
Chunki uning asli ishlangan loydan.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:24:55

Loy mushtlab turgan anavi kulol,
Qilsaydi aql ila chuqurroq hayol.
Hech qachon bunchalar tepkilamasdi,
Ota tuprog'idan yasarkan sopol.


Umar Xayyom

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:29:11

KO’ZLAR

Qancha nafis edi uning nigohi,
Suzilib boqqanda u goh-gohi —
O’ylardim go‘zallik bilan ko‘zlarning
Azaldan o‘qilgan mangu nikohi...

Maqsud Shayxzoda

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:30:16

YAXSHILAR QADRI

Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!
«Salom» degan so‘zning salmog‘in oqlang.
O’lganda yuz soat yig‘lab turgandan, -
Uni tirigida bir soat yo‘qlang!

Maqsud Shayxzoda

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:33:43

Ikki narsa og‘ir ko‘ngaimga asli,
Ikki narsa uchun yo‘q menda bardosh:
Biri - dushmanimning shodon qahqahasi,
Biri - do‘st ko‘zida miltillagan yosh.

Asqad Muxtor

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:34:57

Hayot shunday mo'jizaki:
Qancha jabrin tortsang oz.
O'lim esa uning uchun
Arzimas bojdir, xolos.

Asqad Muxtor

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:36:52

Qadrlasang insonligingni,
Vafo qilsang o‘zingga o‘zing,
Faqat-faqat shunda men bilan
To‘gri kelur taqdir - yulduzing.

Saida Zunnunova

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:37:47

Ko‘ngil - yo‘l bo‘yida o‘sgan bir eman,
Tuyg‘u - buloq aytar shan rivoyatlar.
Turfa xil qurolu turfa qo‘l bilan
Tanasiga yozuq erur dastxatlar.

Ibraim Yusupov

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:38:08

- Tog‘ning qora toshi, yig‘laysan nega?
Sen kimdan xafasan - dil-bag‘ring garyon?
- E voh, hozirgina toshdillar bunda
Haqiqatni qildi rosa toshbo‘ron...

Ibraim Yusupov

Qayd etilgan