To'rtliklar  ( 86936 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 B


shoir  18 Iyun 2008, 16:38:29

To‘g‘ri kelmas sening aql toshingga,
Har kimning o‘zicha o‘lchov toshi bor.
Yengil kelsang, u-ku kular ustingdan,
Og‘ir kelsang - yog‘ar qabog‘idan qor...

Ibraim Yusupov

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:39:14

Koshki tinch joy topib ketib bo'lsaydi,
Yo bu uzoq yo'lini o'tib bo'lsaydi.
Yuz ming yildan keyin orzu-umidlar
Tuproqdan ko'katdek unib kulsaydi.

Umar Xayyom

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:40:10

Qazo chavgonida koptokdek nuqul,
Chapu o'ng yumala, dema: noma'qul,
Seni yumalashga solgan kim bo'lsa,
U bilgay, u bilgay, u bilgay: ha, ul 

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:40:34

KAMTARONA...

Hayot dehqonga yer etibdi ato,
Temirchiga - bosqon, chumoliga - xas.
Men yurmog‘im uchun yayrab el aro
Qalam ko‘targudek quvvat bersa bas.

Husniddin Sharipov

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:41:09

Uchma ko‘p ham choy-chaqalarga,
Kun qolmasin ko‘r baqalarga.
Uzoq umr ko‘raman, deb sen
Havas etma toshbaqalarga!

Normurod Narzullayev

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:41:29

Otangga cho‘p otsang, bolang tosh otar,
Tosh tegsa boshingga, jonni qaqshatar.
 Hisobli dunyo bu qadim-qadimdan,
So‘nggi pushaymondan ko‘zda yosh qotar!

Normurod Narzullayev

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:41:48

Senga ko'rsatsalar,yasog'lik olam
Sen sevma, sevmaydi aqlli odam.
Sendeklar bir talay keldiyu ketdi,
Seni olmay turib, olib qol sen ham...

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:42:01

Gapirsin qalbing, ko‘zing,
Zinhor yolg‘on so‘zlama!
Bo‘lsa ham ikki yuzing,
Bo‘lma ikki yuzlama!

Normurod Narzullayev

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:43:08

O'zni dono bilgan u uch-to'rt nodon,
 Eshak tabiatin qilur namoyon.
 Bular suhbatida sen ham eshak bo'l,
 Bo'lmasa "kofir" deb qilishar e'lon.  

 Umar Xayyom

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:43:41

Falakning ustidan kim topdi zafar,
Yer qachon odam yeb to'yibdi magar-
Meni yemadi, deb kekkaya ko'rma,
Shoshmay tur, ko'p o'tmay navbating yetar.

Umar Xayyom

Qayd etilgan