To'rtliklar  ( 59768 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 21 B


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:25:32

Achinma, shoirga xorligi uchun,
Yoki parcha nonga zorligi uchun.
Bilib qo‘y, aslida yashaydi shoir,
Dunyoda muhabbat borligi uchun.

* * *

Chinor soyasidan bahramand bo‘lib,
Turfa xil ertaklar to‘qimoq oson.
O’zing ham ertaning tashvishin qilib,
Qaydadir bir nihol ekdingmi, Inson.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:26:03

AMUDARYOGA

Kimligimni bilar edim ozroq,
Bilar edim suyukligimni.
Amudaryoni ko‘rganda biroq
Bilib qoldim buyukligimni.

* * *

BOSHMANBULOQQA

Boshmanbuloq, Boshmanbuloq,
Senga ko‘zu qoshman, buloq.
Suvingdan bir qonib ichdim,
Endi mangu yoshman, buloq.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:27:07

Do‘stim, Haq deganni qo‘llagin faqat,
Parvoz qilar bo‘lsa - osmoni bo‘lgil.
Yovuzlikka qarshi qudrating ko‘rsat,
Mudom ezgulikning posboni bo‘lgil.

* * *

Urinma bolakay, urinma harchand
Bag‘ringni men kabi tig‘lay olmassan.
Men kabi quvonib, kularsan garchand,
Lekin men singari yig‘lay olmassan.


Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:27:54

Bugun xoli qo‘ydim yana daftarimni,
Buni balki kimdir yalqovlikka yo‘ydi
Asli senga aytar hamma gaplarimni,
Bulbul aytib qo‘ydi.

* * *

Mana bu hikmatga, do‘stim, sol quloq,
Balki senu menga bo‘lgay bir saboq.
Posbonning qovog‘i uyilgan bo‘lsa,
Hatto jannatga ham tortmaydi oyoq.

Abdulla Oropov to'rtliklari tugadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:43:41

Umar Hayyom to'rtliklari

Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!

***

Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko'zin qorasi - javhari ham biz.
To'garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko'zi - gavhari ham biz.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:44:01

Sen-mendan oldin ham tun-kun bor edi,
Aylanga falak ham butun bor edi.
Tuproqqa avaylab qadamingni qo'y,
Bu tuproq qora ko'z bir nigor edi.

***

Kulol do'koniga kirdim bir safar,
Dastgohda ishlardi usta ko'zagar,
Gado qo'lidan-u, shohning boshidan,
Ko'zaning bo'yni-yu dastasin yasar.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:44:21

Bizlar bo'lmasak ham jahn bo'lg'usi,
Bizlardan na nomu nishon bo'lg'usi,
Avval-ku yo'q edik, yetmovdi halal
Yana bo'lmasak ham, hamon bo'lg'usi.

***

Bu yerning yuzida har zarraki bor,
Bir zamon bo'lmishdi oy yuzli dildor.
Nozaninlar yuzin gardin asta art
Go'zal chehra edi bir vaqt bu g'ubor.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:44:49

Dilim ilmlardan mahrum bo'lmabdi.
Bir sir qolmabdiki mavhum bo'lmabdi.
Tunu kun o'yladim yetmish ikki yil.
Ongladim - hech narsa ma'lum bo'lmabdi.

***

Sening maftuningman berayin xabar,
Uni ikki so'zla etay muxtasar:
Ishqing tuproq qilgay, ammo mehringdan
Boshimni ko'tarib bo'lgum jilvagar.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:45:31

Keksa, yosh - hayotga har kimki yetar -
Hammasi izma-iz birma-bir o'tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abady,
Keldilar, ketamiz, kelishar, ketar.

***

Yuragim qonidan yuz xona vayron,
Uvvos tortuvimdan qo'rqinch yuz chandon,
Har bir kiprigimda qon daryosi bor,
Kipriklar yumulsa boshlanur to'fon.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:47:15

 Afsuski yigitlik mavsumi bitdi,
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi,
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim, qachonlar keldi-yu ketdi.

***

Bu ko'p eski ravot, olam unga nom, -
Tun-kun tulporiga bor bunda orom.
Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,
Bu go'rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.




Qayd etilgan