To'rtliklar  ( 59053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 21 B


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:47:59

Yo'qlikdan pok kelib, nopok bo'ldik biz,
Sho'xu quvnoq kelib, g'amnok bo'ldik biz.
Ko'zimiz to'la yosh yurakda olov,
Umr yelga ketdi, ham hok bo'ldik biz.

***

Bir g'arib ko'nglini qila olsang shod -
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod -
Lutfing-la bir dilni qul qila olsang,
Afzaldir yuz qulni qilmoqdan ozod.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:48:41

Nokasdan sir berkit, dilingno bog'la,
Ablahdan yashirin bo'lmoqni chog'la,
Kishilar joniga o'z qilimishing ko'r,
Sen ham shunga ko'z tut, shuni so'roqla.

***

Bu kun kelar ekan, qo'lingdan, zinhor,
azizlar xotirin shod et, ey dildor.
Husning saltanati turmas abadiy,
To'satdan qo'lingdan ketishi ham bor.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:49:13

Mol-dunyo hasrati qilmasin afgor,
Mangu yashar kishi qani, qayda bor?
Bir necha nafasing tanda omonat,
Omonatga omonat bo'lmoqlik darkor.

***

Ahil bo'lsa olov ichra ham inson,
Ahil kishilarga olov ham oson.
Noahil kishilar suhbatidan qoch,
Noahil suhbati yomondan yomon.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:49:51

O'zni dono bilgan uch-to'rtta nodon
Eshak tabiatin qilur namoyon.
Bular suhbatida sen ham eshak bo'l,
Bo'lmasa "kofir" deb qilishar e'lon.

***

Bir so'ngakka sordek qanoat qilg'on,
Afzaldir nokasga bo'lgandan mehmon.
Nokasning shinnilik nonidan yaxshi
O'zing topib yegan burda arpa non.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:51:46

Misoli bir oltin ko'za bu dnyo
Suvi goho shirin, achchiqdir goho,
Shuncha umrim bor deb kerilma aslo.
Egarloqdir ajal oti doimo.

***

Meni halok etmish g'amu hijroning,
Etagingni tutdim ketgan zamoning.
Ketding-u g'amingdan ming ko'ngil o'ldi,
Qaytding, yana ming jon bo'ldi qurboning.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:53:42

Tokay pastlar xizmatin etasan bajo,
Har yemishga pashshadek qilma jon fido,
Bir nonni ikki kun ye, tortma minnat,
O'zga nondan o'z dil qoning ko'p avlo.

***

G'ayrating sarf etsang kiymoq, ichmoqqa,
Arziydi bu ishni ma'zur tutmoqqa.
Hushyor bo'l, qolganin bari arzimas
Umringni sarf etib, o'tib ketmoqqa.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:54:37

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

***

Biror kishi chiqib har zamon, mana Men, deydi,
Molu siymu zari bor chunon, mana Men, deydi.
Ishi rivoj topib turganda, bir kuni ajal,
Pistirmadan chiqib nogahon, mana, men deydi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 14:55:16

Kelolmagach qaytib ushbu olamga,
Qo'rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga.
Bu damni g'animat hisob etaylik,
Balki yetolmasmiz hatto shu damga.

***

Jonimiz bu tanni tark etib ketar,
Ikki g`isht go`rimiz ko`zin berkitar,
Keyin boshqa go`rga g`isht qo`ymoq uchun,
Bizning tuproqlarni ezib loy etar.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:16:07

Kelolmagach qaytib ushbu olamga,
Qo'rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga.
Bu damni g'animat hisob etaylik,
Balki yetolmasmiz hatto shu damga.

***

Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor,
U o'zga bir yerda g'amga giriftor.
Men undan o'zumga doru izlasam,
Netay, tabibimning o'zi ham bemor.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:17:08

Kulol do`koniga tashladi nazar,
Ikki mingcha ko`za jim suhbat qurar:
— Qaysimiz sotuvchi, - dedi bir ko`za, —
Qaysimiz oluvchi, qani ko`zagar.

***

Bozorda bir kulol ko`rsatib hunar,
Bir bo`lak xom loyni tepib pishitar,
Loy ingrab aytadi: Hoy, sekinroq tep,
Men ham kulol edim, sendek, birodar.


Qayd etilgan