To'rtliklar  ( 86701 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 21 B


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:39:17

Ne foyda u baxtdan ki qilmas imdod,
Ne foyda dildanki sira bo‘lmas shod.
Ul erdi ko‘zim qarosi ketdi ko‘zdan
Ne foyda u ko‘zdan bo‘lsa nuri barbod.


Boq gulni go‘zal jamoliga gulshanda,
Ko‘rgilki, bulutda yig‘i, gulda xanda.
Mag‘rur erur sarv o‘z ozodligiga,
Bu to‘g‘rilig‘-la bo‘ldi gulga banda.



Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:39:39

Yod aylamading meni, ey sha‘mi chigil,
Boshim uza har qancha tushubdur mushkil.
Ko‘nglimga g‘aming bilan to‘lubdur dardlar,
Dil bildiyu men bildim-u men bildim-u dil.


Sabo gul doyasi bo‘lgach, o‘shal dam,
Chamanda berdi ziynat gulga ildam.
Quyoshdan soyaga o‘tguncha bo‘lsang,
Quyosh yuzin qidir, gul soyasin ham.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:40:24

Hajring ila sha‘mdan ortiq yig‘lab bu on,
Shisha kabi koz‘da yoshim alvon — alvon.
May sog‘aridek yurak siqilmoqlikdan,
Chang nolasini eshitgach yig‘larman qon.


Ol ko‘ngil oluvchi bodani, jono, kel,
Yashirincha raqibi shumdan tanho kel.
Xasm etsa: o‘tir, borma, quloq solma unga,
Tingla so‘zimu turg‘ilu, moxliqo kel.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:41:17

May bazmin ariq labida qurmoq yaxshi,
G‘am — g‘ussadan eng uzoqda yurmoq yaxshi.
Gar bizning aziz umrimiz o‘n kun bo‘lsa,
Hech g‘amsiz o‘yin — kulgida yurmoq yaxshi.


Murod izlab hayot behuda ketdi,
Falakdan menga qay xil foyda yetdi.
Jahonda har kishiga do‘st bo‘ldim,
Bu qanday baxtki, u dushmanlik etdi.



Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:41:52

Agar g‘uncha qadahga bersa pardoz,
May ishqi qilsa nargisin qadahsoz.
Dili sof ul kishining kim, xubobdek,
Egib bosh dayraro yotsa qishu yoz.


Bobilni sehrgari ko‘zingga ustod,
Hech bir unutmas afsunnikim, olmish yod.
Ul zulfki, husning qulog‘iga taqilmish,
Hofiz duri nazmin taq, bo‘l ko‘zdan ozod.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:42:20

Men bo‘su kanor orzusida o‘ldim,
Men la‘li labingni qayg‘usida o‘ldim.
So‘z cho‘zmoq kerak emas, qisqasin aytsam:
Kel tezda, ki vasl justujo‘sida o‘ldim.


Ey yel, xabar et meni bu zorligimdan,
Unga, ki yemas g‘am bemorligimdan.
Shodlik beshigida uxlagaysan har tun,
Ayo xabaring bormi bedorligimdan.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:42:58

Umrimning hosili bo‘ldi faqat g‘am,
Ishq ichra har qanday paytlarda ham.
G‘amdan boshqa topmadim men bir ulfat,
Darddan bo‘lak topmadim, vafoli hamdam.


Sendan g‘uncha uyalib tutdi gar niqob,
Nargis ham xijilu ko‘zida yo‘q tob.
Gul tenglik da‘vosin qilolmas senga,
Gul oydin nur, sendan nur olur mohtob.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:43:23

Ko‘zingkim fitnalar yog‘dirar har on,
Jang o‘qin yog‘dirar afsus har zamon.
Dilingni tez uzding hamnafaslardan,
Ohkim tosh yog‘dirar diling har qachon.


Tokay bu jafou javr bo‘lur armoning,
El ko‘nglini ranjitishni istar joning.
Ko‘rdingmi dil ahlining qo‘lida qonlig‘ tig‘,
Tegsa senga o‘z gardingga o‘z qoning.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:43:47

Koshki edikim, baxt madadkor o‘lsa,
Yo charxi falak yana menga yor o‘lsa.
Yoshlik jolivini oldi qo‘ldan, ammo,
Pirlik o‘zi koshki padidor o‘lsa.


E sabo, so‘zimni maxfiy qil bayon,
Dil sirrin yuz tilda sharh etgil shu on.
Ranjitma insonni, qo‘pol so‘zlama,
O‘rtacha so‘z degil, tilni qil biyron.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:45:07

Deding: istarmanki senga bo‘lsam yor,
Xishvaqt bo‘l, aylagil sabr ixtiyor.
Sabru dil deganing nedirki bu dil,
Bir tomchi qon, yuz ming andishasi bor.

Hofiz Sheroziy to'rtliklari shu yerda tugadi.

Qayd etilgan