To'rtliklar  ( 57255 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 21 B


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:53:42

 Sa'diy ijodidan to'rtliklar

Bukun gapirmoqqa imkon bor ekan,
Lutfu yaxshilik-la so’zla birodar,
Zarurat tilingni bog’lab qo’yadi,
Ertan kelsa ajal elchisi egar.
                   ***
Ey oqil, nedur og’zimiz ichra til,
Hunarli kishi g’aznasin ochqichi.
Ochilmay to eshik na bilsun kishi,
U gavharfurushmi va yo eskichi.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:54:15

Xo’roz qilar xo’p shiddatli jang,
Ojiz qolur qirg’iy ursa chang.
Mushuk sherdir sichqon ovida,
Lek sichqondir duch kelsa palang.
                    ***
Tokim birorta so’z deguncha inson,
Aybila hunari barchadan pinhon,
Uxlab yotgan chiqar balki qoploni,
To’qayni bo’m-bo’sh deb qilmagil gumon.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:54:37

Jo’mard yaxshi agar topsa yarim non,
Do’stlar bilan ko’radi baham.
Bir iqlimga hokim bo’lgan podsho,
Yana bir iqlim deb, chekadi alam.
                  ***
Nazar sol behamiyat ul kishiga,
Ki hargiz ko’rmagay baxtu saodat.
Tunu kun o’ylar o’z tan rohatini,
Jafo oilaga soatba-soat.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:55:04

Kimningki boshiga qo’narkan davlat,
Barcha bo’lg’ay unga qarindosh yanglig’.
Baxt uning uyidan yuz o’girgan kun,
Eshigu devori bo’lar go’yo tig’.
                       ***
Davlat, toj-taxt unga qaram bo’lsa ham,
Darvesh-fuqaroga shoh erur posbon.
Qo’ylar cho’pon uchun qo’yilgan emas,
Qo’ylar uchun qo’yilar cho’pon.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:55:55

Amir xizmatida sokin va afgor,
Qo’llaring ko’ksingga qo’yguncha har gal.
Kuysa ham qo’llaring mayli, birodar,
Kaftingda tosh ohak ochganing afzal.
                      ***
Uchrar bu jahonda ushbu hol takror:
Betamiz izzatda, aqllilar xor.
Mehnatu g’ussada o’lar kimyogar,
Ablah xarobadan xazina topar.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:56:13

Qavmdan bittasi qilsa nodonlik,
Kattayu-kichikda toqat bo’lur toq.
Xalq maqoli bor-ku eshitgandirsan:
"œPoda bulg’atar bir yaramas buzoq".
                     ***
Bir qo’pol suhbati majlisda chandon,
Xushdil jamoatni ranjitur oson.
Hovuz to’ldirilsa gulobga tamom,
Bir it tushsa bo’lur badrabdek harom.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:56:34

Qanchaga chidasin miskin oyoqlar,
Bu yo’lda nor tuya oyog’i topur.
Ingichka bo’lguncha yo’g’on cho’zilib,
Ingichka chidamas, uzilib o’lur.
                     ***
Zang bosgan temirni qancha ishqama,
Zang ketib ko’zgudek sayqal topmas, bil.
Qaro dilga o’git etmoq befoyda,
Toshga mix kirmaydi qancha qoqmagil

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:56:53

Shirin dahan, shirin labdan chiqajak ovoz,
Kuylasin yo kuylamasin, bo’lur dilnavoz.
Yomon kuychi tilida-chi, hammasi yomon,
"œUshshoq" bo’lsin, "œXurosoniy" va yoki "œHijoz".
                       ***
Yaxshi bo’lgil, hatto dushmaning oson,
Seni deyolmasin yaramas — yomon.
Tanburning ovozi soz chiqib tursa,
Qulog’in buramaydi sozchi hech qachon.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:57:13

Ba’zilar amalga mingan chog’ida,
Tamom unutilar do’stu yor, oshno.
Amalidan tushib bo’lsa notavon,
Dil dardiga do’stdan izlaydi davo.
                   ***
Do’stlaringni ko’rib turmoq ayb emas,
Ammo shunchalikki, demasinlar "œbas!"
Sen o’zingni qancha koyiy bilsang xo’b,
Boshqalar koyishin eshitmaysan ko’p.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:57:47

Ezilgan bir chumoliman oyoq ostida jim,
Arimasman va dastimdan nolimas hech kim.
Odamlarga ozor bermoq uchun yo’q kuchim,
Shukrim qanday izhor etay bu ne’mat uchun.
                             ***
Kiyim so’rab badavlatga parcha qog’oz yozgandan,
Parcha — parcha yamoq tikib, sabr qilgan yaxshiroq.
Qo’shning soyasida agar borar bo’lsang jannatga,
Xudo haqi, do’zaxga teng, uqubati besanoq.

Qayd etilgan