To'rtliklar  ( 59770 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 21 B


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:58:06

Quruq qum izg’igan cho’l-biyobonda,
Tashnaning og’ziga sadaf yoki dur.
Ochlikdan yiqilgan kimsa belida,
Sopalakmi yoki oltin, baribir.
                  ***
Qovrilgan qush qadri to’qlar oldida
Dasturxonda piyoz, kashnich, o’tdan kam.
Och oldida o’tar tovuq o’rniga
Quruq suvda qaynab pishgan bir sholg’am.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:58:23

Eshitdingmi, uzoq go’rd bir savdgar,
O’layotib, otdan tushib, bir so’z demish:
"œKo’z och ekan, yo qanoat bilan to’yar,
Yoki mozor tuprog’isiz to’lmas emish".
                      ***
Oltin — kumush bo’lsa, yedir barchaga,
O’zing ham rohat qil, yeb-ichib qolgin.
Sendan qolajakdir bu imoratlar,
G’ishtlar bo’lganda ham kumush yo oltin.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:58:39

Agar kosib musofirlikka chiqsa,
Qiyinlik betini ko’rmaydi aslo.
Kechin och uxlamoqqa majbur o’lg’ay,
Gar o’z yurtinda taxtdan tushsa podsho.
                      ***
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:58:58

Pashsha yopirilsa zo’r filni yengar,
Salobatli, polvon johilni yengar.
Chumoli birlashsa ittifoq bo’lib,
Arslon terisin olajak shilib.
                ***
Bildimki, odati zahar sochmoqdir,
Ilondan bo’lmadim bir on xotirjam.
O’zni do’st ko’rsatgan dushman tishlasa,
Uning tish zahriga topilmas malham.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:59:19

Rizqingdan ortiqni yeb bo’lmasa ham,
Talabda bo’lmag’il dangasa, beg’am.
G’avvos nahang og’zini o’ylasa agar,
Qo’lga kiritolmas hech durru gavhar.
                     ***
Gohida ravshan fikr donolardan ham,
Chiqmasligi mumkin durustroq tadbir.
Gohida aqlsiz go’dak bir bola,
Yanglishib, nishonga o’q urar mohir.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:59:37

So’zing garchi dilkash va shirin bo’lur,
Mukofoti tasdiqu, tahsin bo’lur.
Bir aytdingmi, aytma uni o’zga dam,
To’yib bir yedingmi yetar holva ham.
                     ***
Ey oqil, so’zning ham bosh — oyog’i bor,
O’zga so’zga so’zing qistirma, zinhor.
Aqlu hush egasi tadbirli inson,
So’z boshlar suhbatdosh jim bo’lgan zamon.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 11:59:57

Qayga kelmish ishq sultoni magar,
Qolmagay taqvo qo’lining quvvati.
Pok yashay olsin u bechora nechuk,
Loyga botgan bo’lsa yuz — ko’z suvrati.
                    ***
Ko’nling olurman boricha qudrat,
Zahmat yeturman, cheksamda zahmat.
To’tidek bo’lsang shirinlik yemish,
Shirin jon bilan etay parvarish.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:00:26

Yoshlarda hech vafo bo’lmas, bo’lsalar ham shod,
Chehralari go’zallikda o’tsa ham guldan.
Vafodorlik shevasini eshitolmaysan,
Har dam o’zga gulga qo’shiq aytar bulbuldan.
                   ***
O’zga bilan jannat sayridan ko’ra,
Sen bilan azobda yonganim ma’qul.
Go’zal dahanidan piyozning isi —
Yaxshidir xunuklar tutganidan gul.


Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:00:47

Yillar o’tib ketdi tepangdan g’ir — g’ir,
Otang mozoriga bordingmi bir dam?
Otang xotiriga nima ezgulik,
Qildingki, o’g’lingdan kutasan sen ham?
                         ***
Ey manzilga mushtoq yo’lchi, ko’p shoshmagil,
Chopqir otlar ko’pi yo’lda qolib ketdi.
Pandim eshit, sabr qilish bo’lsin ishing,
Oqsoq eshak manziliga borib yetdi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2008, 12:01:14

Keksadan istama quvnoqlik havas,
Yoshlik o’tmish oqar suv — ortga qaytmas.
Ekinga yetarkan o’roq zamoni,
Sabzadek mavj urmas, tinar javloni.
                    ***
Kampir sochlarin bo’yar birma — bir,
Dedim: ey, ko’p zamon yashagan kampir,
Nayrang bilan soching qilasan qora,
Ammo bukchaygan bel rost bo’lmas sira.

Qayd etilgan