To'rtliklar  ( 86723 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 21 B


Robiya  15 Fevral 2008, 14:31:50

Ҳайвонларнинг мозорда ҳеч иши йсқ,
Аҳмоқларнинг ёзи билан қиши йсқ.
Донолик ҳам ёш танламас, воажаб,
Аодонларнинг слимдан ташвиши йсқ.
* * *
Қуёш кскда Аллоҳ ёқиб қсйган бир чироқ,
Селу ёмғир сл ризқини столмас йироқ.
Ожиз қулман, лек хаёлим кезар самони,
Гулдурмомо булуткарвон чалган қснғироқ.

Qayd etilgan


Robiya  15 Fevral 2008, 14:34:02

Ақли расо одамсан, аҳмоқ билан талашма,
Сувда олов ёқса жин, унга стин қалашма.
А аҳматдан бсл умидвор, паноҳ берсин Биру Бор,
Тсғри йслда собит бсл, шайтон билан "срашма".
* * *
Ҳар қандай сзгулик ҳиммат меваси,
Булутлар меҳридан тирилади ер.
Мудом омон бслгин, ҳиммат шеваси
Сен боис ҳар гиёҳ Ҳақ зикрини дер...



Qayd etilgan


Robiya  22 Fevral 2008, 16:40:22

Agar-chi, balandu pastdamiz, ey do’st,
Baribir bir yo’ldan qaytamiz, ey do’st.
Senga kulba bermas, menga — koshona,
Oqibat tuproqmiz, maysamiz, ey do’st.

                    *  *  *

Dunyoga kelding-ku ketgaysan qachon?
Ezgulik naqshini bitgaysan qachon?
Neki bor, yetishding yelib, yugurib,
Ey inson, O’zingga yetgaysan qachon?

Qayd etilgan


Robiya  22 Fevral 2008, 16:59:34

Biz keldik dunyoga bir imkon uchun,
Har lahza bir sinov, imtihon uchun.
Ming inson bita jon berolmas bizga,
Biz bitta jonmizu ming inson uchun.
                 
                    *  *  *
Xudo dargohida ochiqsan, inson,
Dunyo korgohida nechuksan, inson?
Jahonga sig’mayin yelmoqlar nechun,
O’zingku zarradan kichiksan, inson?

Qayd etilgan


Robiya  22 Fevral 2008, 17:03:29

Bu kun dasturlaring, darsliklaring ko’p,
Mehrobing, xonaqoh, masjidlaring ko’p.
Senga joiz asli yuksak amallar,
O, inson, buncha ham pastliklaring ko’p!



Har kun — umrimizning bir safaridir,
Har on — umrimizning bir gavharidir.
Tinchlik, omonlikda otgan har bir tong,
Ollohning bizlarga xushxabaridir.

Sirojiddon Sayyid

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:38:20

Pir izlama dunyodan — dunyoda pir juda ko’p,
Sir izlama dunyodan — dunyoda sir juda ko’p,
Bilki umring omonat, bir Haqni izla faqat,
Kir izlama dunyodan — dunyoda kir juda ko’p.

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:38:43

Barcha yo’llar berk bo’lar, agar Sen tugun etsang,
Kecha bugun bo’ladi, agar Sen bugun etsang,
Banda yaxshi niyatda, tartib-qonun tuzadi,
Qonun qonun bo’ladi, agar Sen qonun etsang!

              *  *  *
Kimdir ochu, kimlar to’q,
Zamon — kamon, zamon — o’q,
Hamma da’voga quldir,
Pirlar bisyor , murid yo’q.

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:39:14

Baloning yo’q sharmu ibosi,
Balolikdir har muddaosi,
Balo kelsa yayragin, ey jon!
"œBalo — avliyoning libosi!"

               *  *  *
Bobolarim yozgan kitoblar
Kutayotir yuzi sarg’ayib.
Bobolarim yozgan kitoblar
Mag’ribda g’arib"¦

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:39:54

Har on, har daqiqa, bilsang, xatardir,
Tiriklik o’limga qarab safardir,
Qo’shnim o’ldi deya bo’lma xotirjam,
Qo’shningning o’limi senga xabardir.

               *  *  *
Ilohi, rahm ayla, ki Rahimsan,
Karimu Rahmonu ham Halimsan.
Men-ku bechora, rasvoi jahon,
Sen ey Sattor, aybpo’shi Qadimsan!

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 09:40:21

Kim piri murshidning etagin tutgay,
Imon sohiliga sog’-omon yetgay,
Dunyodan qo’lini yuvganidan so’ng,
Aldoqchi dunyodan aldanmay o’tgay.

                        *  *  *
Ayo do’stim, nechun g’aming bozor bo’ldi?
Har nafasing, har bir daming bozor bo’ldi?
Oxiratning bozorini unutdingmi?
Azalaring, oh, bayraming bozor bo’ldi"¦


Qayd etilgan