To'rtliklar  ( 86648 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 B


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:44:12

Ey ko'z, ko'r bo'lmasang go'rdan bo'l ogoh,
Fitna to'la olam, har yon qayg'u-oh.
Chumoli og'zida guldek yonoqlar,
Yer qo'ynida sulton, sardor, podshoh....

Umar Xayyom

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:44:39

O'z erkingda emas, axir, erta kun.
Ertangni ko'p o'ylab bo'lma jigarxun.
Bu damni bekorga ketkazma aslo,
Bilib qo'y, dunyoga bo'lmaysan ustun.

Umar Xayyom
 

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:45:15

Ko'plar donishmand deb bildilar o'zni,
Xudoning zotidan ochdilar so'zni.
Hech biri bilolmay azal sirlarni,
Aljirab-valjirab yumdilar ko'zni...

Umar Xayyom

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:46:26

Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!

Umar Xayyom

Qayd etilgan


Said Nosir  18 Iyun 2008, 16:54:01

-"Tilingan tillarga qon yugurgusi,
Bo'shangan inlarga jonlar kirgusi.
Tikanli boqchalar chechak ko'rgusi,
Haq yo'li,albatta,bir o'tilgusi..."

www.jadid.my1.ru

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Iyun 2008, 08:50:32

Tun bo'yi bemorga yig'lab bir odam,
Tongda o'lib qoldi, bemor-chi bardam.
Qanchalik chopqir ot jon taslim etdi,
Cho'loq eshak esa manzilga yetdi...

Shayx Sa'diy

Qayd etilgan


shoir  30 Iyun 2008, 11:33:15

Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  30 Iyun 2008, 11:33:37

Oqar daryoga ham kimdir band bergan,
Hayot kimga zahar, kimga qand bergan.
Ey, g‘ofil, sarkash deb, meni kamsitma,
G’anim senga emas, menga pand bergan.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  30 Iyun 2008, 11:34:17

Deydilar it hurur - o‘tadi karvon,
Ranju balolardan yonmasin joning,
Lekin alam qilar bir umr giryon
Itlar orasidan o‘tsa karvoning.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  03 Iyul 2008, 12:35:53

SIZKIMU MENKIM

Sirtimga qarab siz chiqarmang hukm,
Bilmasdan dilimda nimalar hokim.
Davrada vaqt degan bir donishmand bor,
U hali aytadi siz kimu men kim.

Shafoat Rahmarullayev

Qayd etilgan