To'rtliklar  ( 86647 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 21 B


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:15:40

EL QO’LLASA

El qo‘llasa, azizim, omon bo‘lsak, aja
Qo‘llamasa - rang-ro‘yi somon bo‘lsak,
Elni bizdan qizg‘anib so‘z aytguvchi zo
Ular uchun bir umr yomon bo‘lsak, ajabo.

* * *

GURUHBOZ

Bitta o‘zi pashshani ham yiqolmaydi,
U joyga ham bitta o‘zi chiqolmaydi.
Qayga borsa atrofiga sherik to‘plar,
Yo‘qolsa ham bitta o‘zi yo‘qolmaydi...

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:16:05

Bir vaqt boshoq edim, qirlarda o‘sdim,
So‘ng yaxlit don bo‘lib qo‘lingga tushdim...
Keyin-chi, tashlading tegirmonga sen,
Taftingda un bo‘lib turibman, do‘stim.

* * *

BAXTLI ODAM

Tashvishga chulg‘anib qoldi bu yurak,
Tashvishlar ko‘paydi haddan ziyoda.
Beshigida yotgan go‘dakdan bo‘lak,
Tugal baxtli odam yo‘qdir dunyoda.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:16:22

MARD BO’LSANG

Qadimdan bir gapni uqdirar hayot:
Mard bo‘lsang, o‘z to‘g‘ri yo‘lingdan qolma.
O’ladigan bo‘lsang o‘z go‘ringda yot,
Birovning mozorin egallab olma.

* * *

TAASSUROT

Tabiat kimga ko‘p yo oz beribdi,
Kimgadir xalacho‘p yo soz beribdi,
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga
Tengi yo‘q shohona ovoz beribdi.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:16:57

Har gal ayyomlarni aylarman tavob
Garchand biri moddiy, o‘zgasi sarob
Sho‘rlik ona zamin birlikka zor-ku
Unga talpinish ham, demak, zo‘r savob.

* * *

* * *

Oqshomdan boshlangay odatda tonglar
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar
Boshing egma sira, xoksor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:17:28

May asli pokdomon dilga arzirlik,
Zahmatkash, mehnatkash elga arzirlik
Bayram-ku, har kuni kelavermaydi.
Lekin zavqi qolar yilga arzirlik!

* * *

Soch ham to‘kilmoqda, omonatdir tish,
Izg‘irin yurakka urayotir nish,
Bahorim beto‘xtov qish tomon o‘tdi,
Yoz, kuzni qisqartdi mashaqqat, tashvish.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:18:26

BIZ

Biz avval ham yomon edik, hanuz yomonmiz,
Rahmon boqmas, iblis yoqmas sho‘rlik inson
So‘z so‘zlasak - mahmadona, jim tursak - soz
Shu tariqa, na bug‘doymiz va na somonmiz.

* * *

TARAQQIYOT

Hozir gadolar ham g‘oyat mukammal,
Ishni diplomatik yo‘ldan boshlaydi.
Egasidan u-bu so‘rashdan avval
Itiga, albatta, suyak tashlaydi.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:18:52

GAP BITTA

Parvo qilma, bo‘lmaganni bo‘ldiramiz,
Paymonasi to‘lmaganni to‘ldiramiz.
Bir zamonlar otar edik, osar edik,
Endi esa majlis qilib o‘ldiramiz.

* * *

O’ZIMIZ

Sen bizni kechirgin, ey Navro‘zimiz,
G’aflatda chalg‘idi ul kun ko‘zimiz.
Yuzingga shapaloq tortib yubordik,
Sho‘rpaxta bosamiz endi o‘zimiz.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:19:42

Turfa tuyg‘ularni xush ko‘rdim g‘oyat,
Dunyoning o‘zi ham rangin nihoyat!
Boqma ajablanib satrlarimga,
Baxtim rivoyatdir, g‘amim hikoyat...

* * *

Dunyoning g‘alati yo‘rig‘iga boq,
Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq
Lekin hammasidan ma’no bittadir:
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:19:56

Shudgorda qarg‘alar to‘dasin ko‘rsang,
Sira ajablanma, bo‘lma hangu mang.
Sen yerni ag‘darib, shudgor qilgan chog‘
Yuzaga chiqqandi qurtu chuvalchang.

* * *

Bahor! Sendan xushnud jami kor ahli
Xususan shod erur xoksor ahli.
Chunki tashrifingdan dil erib, zora,
Odamga o‘xshasa amaldor ahli.

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:20:20

Bolaga o‘xshaydi, deydilar xalqni,
Bu gapni aytganlar, ehtimol haqdir.
Lekin takrorlayman men ham bir haq
Axir, bolalarning o‘zi ham xalqdir.

* * *

Har gal ayyomlarni aylarman tavob,
Garchand biri moddiy, o‘zgasi sarob.
Sho‘rlik ona zamin birlikka zor-ku,
Unga talpinish ham, demak, zo‘r savob!

Qayd etilgan