To'rtliklar  ( 86700 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 21 B


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:17:36

Ketishdan qo'rqmayman men bu dunyoda,
Chunki u dunyoda umrim ziyoda.
Vaqti yetgach tanda omonat jonni
Topshirayin shunday bo'lgach iroda.

***

Jahon g'amin yema do'stim behuda,
G'am yemagil jahon tirriqdir juda,
Bori o'tib ketdi, yo'g'i hali yo'q,
Bor-yo'qni g'am qilmay yasha osuda.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:18:00

Shuhrat topsang, kishilar hasadi yomon,
Yolg'iz qolsang sendan qilishar gumon.
Xizr bo'lsang hamki hech kimni bilma,
Seni ham bilmasin mayli biron jon.

***

So'zimga quloq os, ey do'sti a'lo,
Dunyo ishlarini o'ylama aslo.
Qanoat go'shasin aylabon makon,
Olam ishlarini qilg'il tamosho.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:18:18

Umrim qiymoqdadir, dardim be iloj,
Rohat qisqa, zahmat topmoqda rivoj.
Xudoga ming bora shukrki, balo
Va kulfatga meni etmadi muhtoj.

***

Baxtingdan obodlik shoxi unsa ham,
Hayoting libosi bo'lsa-da, hurram.
Tanang chodiriga suyanma ko'pam,
To'rttala qozig'i sustdir, ey odam.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:19:13

Qayda kamol topding, jononam o'zing,
Oyni uyaltirar tunda yulduzing.
Bazm uchun yuzlarim bezar go'zallar,
Jahon bazmin bezar bir sening yuzing.

***

Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:20:05

O'zgartirib bo'lmas ne bitmish qalam,
Faqat dil xun bo'lur tortaversang g'am,
Butun umr jigar qonin yutsang ham,
Umring uzaytirib bo'lmas biror dam.

***

Olma sardaftari ishqning imlosi,
Yoshlik qasidasin jilva ziyosi.
Ey, ishq olamidan xabarsiz, bilg'il,
Ishq emasmi asli hayot ma'nosi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:21:57

Kimsani ranjitma, ranjitma hayhot,
G'azabing birovga sochmagil, ey zot.
O'zing ranj cheku, hech kimni ranjitma,
Rohat desang agar o'zing g'amga bot.

***

Muhabbat o'tida yonmasa ko'ngil,
Holiga voy degil bemoru zahil.
Muhabbatsiz o'tgan har bi kuning, bil:
Umringdan behuda ketmish behosil.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:23:13

Bir burchakda qotgan nonga qanoat,
Istamadim undan ortiq hashamat.
Jonu dildan harid etdim faqirlik,
Faqirlikdan ortiq ko'rmadim davlat.

***

Poku, ahil, oqil kishiga o'rtqo -
Bo'lu noahildan qochaver yiroq.
Dono senga zahar tutsa ham ichgil,
Qo'l cho'zmagil sharbat tutsa ham ahmoq.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:25:16

Dardga chalinmish bu dili vayronam,
Ishqdan uyg'onmadi sarmast jononam,
Oshiqlik sharobin berganlari kun
Jigarim qoni-la, to'ldi paymonam.

***

Hikmat chodirini tikladi Xayyom,
Andux ko'rasida yondi ul nokom.
Umr ipin kesdi ajal qaychisi,
Xizmatiga oxir shul erdi in'om.

Shoislom Shomuhamedov tarjimasi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Dekabr 2007, 15:27:15

Umar Hayyom to'rtliklari tugadi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Yanvar 2008, 12:02:00

Dunyoda qoldimi ko’rmagan narsam,
Ko’rdim deb gerdayma,ne ko’ribsan kam.
Bir inson qalbini bila oldingmi,
Insonning qalbidan bormi keng olam!  M.Shayxzoda


Qayd etilgan