To'rtliklar  ( 86735 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 21 B


Robiya  10 Yanvar 2008, 12:03:49

So’yladim, til xato qildi,
Tiymadim, ko’z zino qildi,
Siyladim, nafs ado qildi,
Qiynadim, ruh nido qildi:
"œTavbang qani?!"

Qo’rqmayman yovlarim yoqamdan tutsa,
Chidayman so’ksayu qilsa haqorat.
Qo’rqaman ammo men bir ulug’ Zotdan,
Bir ulug’ ayyomdan qo’rqaman faqat.          Nurmuhammad Shoyoqub

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:31:59

Hofiz Sheroziy to'rtliklari

Men senga oshiq bo‘lib,
Egildim javobing yo‘q.
Balki ko‘zga ilmaysan,
Ne qilay ilojim yo’q.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:32:21

Sen yordan o‘zga, hech ko‘rinmas ko‘zga
Yo‘l yo‘q menga sening ko‘changdan o‘zga.
Keldi hamma odamga shirin tinch uyqu,
Mendan qochadur uyqu,kirmas so‘zga.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:32:54

Ishqing g‘ami birla bo‘lsa bag‘rim qon,
Husningni bayon etishda aqlim hayron.
Zulfingda g‘aribu chorasizdir ko‘nglim,
G‘urbatda nechuk o‘tar ekan unga zamon.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:33:36

Sen to‘lin oy —u quyosh senga banda erur,
To bandang o‘lubdur u tobanda erur.
Har lahza sening oy yuzing nuri bilan,
Oftob yorug‘, oy esa tobanda erur.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:33:58

Ko‘yingda men bevatan, o‘zga hech kim yo‘q,
Yoningda begonaman o‘zga hech kim yo‘q.
Zulfingni tanobiga bog‘langan menman,
Devonaroq mendan o‘zga hech kim yo‘q.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:36:27

Avvalda vafo bilan meni aylab shod,
Mast etdiyu javru jafo ayladi bunyod.
Har ikki ko‘zimda yoshu dilda to‘la o‘t,
Bo‘ldim yo‘lida tuproq, u etdi barbod.

Bosar ko‘nglimni har kun boshqa bir g‘am,
Ko‘zimda hajrdan turli tikan ham.
Chidab yengay desam, taqdir deydur:
"žQo‘lingdan kelmagay bu boshqa olam"œ.


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:37:09

G‘amingda qon aro bu tun yotarman,
Farog‘at o‘rnidan surgun yotarman,
Ishonmassan, kelib ko‘rsin xayoling,
Ki sansiz qay yo‘sin mahzun yotarman.


Na dunyo davlati arzir sitamga,
Na borliq lazzati arzir alamga.
Jahonning yetti ming yillik g‘ururi,
Qachon arziydi yetti kunli g‘amga?


Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:37:56

Ul kunki ayriliq menga aylab zo‘r,
Sabrim tugalishga hajring etsa majbur,
Ko‘z tashlar esam agar bo‘lak dilbarga,
Husningni tuzi haqqi meni qilsin ko‘r.


Kelur bu gul rafiqim gulshanidan,
U birlan benihoyat shod erurman.
Hamisha hamdamidurman, negakim,
Kelur sevgim hidi rangu hididan.

Qayd etilgan


Robiya  18 Yanvar 2008, 16:38:20

Umiding uzma bu davri jahondan,
Vale tol bargidek titra zamondan.
Qaroliqdan nari rang yo‘q der ersang,
Qaro sochim oqardi, bu qayondan?


Umr devorini sel qurshab oldi,
Hayot jomin qarilik quydi, toldi.
Tashir hammol hayoting yuklrini
Ko‘z och, e xoja, umringdan ne qoldi?


Qayd etilgan