Muallif Mavzu: Imom Sha'roniy. Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar  ( 39259 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: IBODAT VA ZIKR AHLIGA TAVSIYALAR. Imom Sha'roniy
« Javob #75 : 19 Oktyabr 2007, 07:35:50 »
Imom G’azzoliy insonning yolg‘iz o‘zi qilgan zikr bilan jamoat ichidagi zikrini tanho kishi aytgan azon bilan jamoat bilan aytgan azonga o‘xshatgan va bunday degan: "Muazzinlarning jam bo‘lib aytgan azon saslari-ning ta’siri yakka kishining aytgan azonidan kuchliroqdir. Jam bo‘lib aytilgan azon go‘yo havoni (osmonni) teshib ketadi. Alloh taolo qalblarni toshga o‘xshatganligidan ham ma’lum bo‘lmoqdaki, jamoat zikri qalbdagi g‘aflat pardasini olib tashlanishiga sabab bo‘ladi. Shu narsa haqiqatki, bir ulkan tosh ham ko‘pchilikning sa’y-harakati bilan yoriladi. Chunki jamoatning quvvati yakka shaxsning quvvatidan ustun bo‘ladi".

"La ilaha illalloh" tanho aytilgani yoki "Muhammadur-rasululloh" bilan aytilgani fazilatlimi? deb so‘ralsa, javob ushbudir: Soliklar zikrida afzali - qalblarda Alloh bilan birgalik holi hosil bo‘lgunga qadar faqat "La ilaha illalloh", shundan so‘ng "La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh" zikri yanada fazilatlidir.

Buning izohi bunday: "Muhammadur rasululloh" iqrordir. Iqror esa umrda bir marotaba ham kifoya. Tavhid kalimasining takroridan maqsad nafsning pardalaridan qutulish uchun dalilni ko‘paytirmoqdir. Zokir zikrga boshlamasdan oldin Alloh taoloning azamatini yodda tutishi kerak.

Laylo

  • Mehmon
Re: IBODAT VA ZIKR AHLIGA TAVSIYALAR. Imom Sha'roniy
« Javob #76 : 19 Oktyabr 2007, 07:36:18 »
Shayx Abubakr al-Kanoniy rahmatullohi alayh aytganlar: "Banda zikr etarkan, Allohni ulug‘lashi zikrning odob va shartlaridan sanaladi. Uni ulug‘lamagan kimsa zikrdan foyda ko‘rolmaydi".

Shuningdek, yana bunday deganlar: "Allohga qasamki, Alloh taolo O’zini zikr etishni farz qilmaganda, Uni zikr etishdan oldin men kabi bir qul, ming bor tavba qilgan holda og‘zimni yuvmay Uni zikr etishga jur’at qilolmagan bo‘lardim".

Mashoyixi kirom, yigirmaga yaqin zikr odobiga rioya qilmagan kimsaning zikri foydasiz, fayz-barokotdan uzoq ekani borasida ittifoqdirlar.

Zikr boshlamasdan avval har xil so‘zlardan tavba qilmoq, zikrdan so‘ngra shukrni ko‘paytirmoq, zikr tugashi bilan ichimlik ichmaslik, xalq haqlarining sayri sulukka yordam beradigan miqdori bilangina mashg‘ul bo‘lmoq zikrning odoblaridandir.
Alloh taolo zikrida, shukrida bardavom bo‘lmoqni nasibi ro‘zi aylasin.

Laylo

  • Mehmon
Re: IBODAT VA ZIKR AHLIGA TAVSIYALAR. Imom Sha'roniy
« Javob #77 : 19 Oktyabr 2007, 07:37:20 »
Hikmat tomchilari

Islom dini yalqovlikni qoralaydi. Din ishlarida ham, dunyo ishlarida ham tanballikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi. Oxirat uchun ham, dunyo hayoti uchun ham halol ishlashga undaydi. Alloh taologa maqbul va mahbub bir shaklda yashash va ishlashga targ‘ib qiladi.

* * *

Insoniylik islomiyat bilangina komil va to‘liq bo‘ladi. Islomiyatdan mahrum odamiylik komillikdan juda yiroq bo‘lgan bir noqislikdir.

* * *

Salafi solihinlarni ko‘zga ilmaydigan, hurmatini joyiga qo‘ymaydigan, odob saqlamaydigan kimsalarning hayotida taqvo yo‘qdir. Zero, taqvo bo‘lmagan joyda odob, hurmat, rahmat bo‘lmaydi.

* * *

Musulmonning qalbi marhamat bilan to‘la bo‘lishi lozim. Musulmonning qalbida imon nuri bor. Imon nuri bor joyda rahm-shafqat, hurmat-izzat bo‘ladi.

* * *

Musulmon kishi birovga zulm qilmaydi, hech kimni aldamaydi. Musulmon kishi xiyonat va o‘g‘rilik qilmaydi. Musulmon hech kimsaning moliga, joniga, nomusiga ko‘z tikmaydi. Musulmon birovga nohaqlik qilmaydi; birov haqqini su’iiste’mol etmaydi. Musulmon musulmonga yordamchidir.

Laylo

  • Mehmon
Re: IBODAT VA ZIKR AHLIGA TAVSIYALAR. Imom Sha'roniy
« Javob #78 : 19 Oktyabr 2007, 07:38:53 »
«Dunyoni ko‘r, sayr qil, ichiga kir, ammo dunyo sening ichingga kirmasin».

* * *

Islomiy vujuddagi har bir a’zoning o‘z vazifasi bor. Axir g‘oyamiz Alloh subhanahu va taoloning roziligi, islomiyatga, insoniyatga xizmat emasmi? Ana shunday ezgu o‘y-tushunchalar bilan yo‘lga chiqish naqadar a’lo! Hamma o‘ziga bino qo‘yib, boshqalarni yomonlayversa, ahil-inoqlik o‘rniga tafriqa, tarqoqlik yuzaga keladi.

* * *

Tasavvuf - taqvo bilan amal etish demakdir. Tasavvuf ahlining qalbi riyo, ujb, kibr, hasad va butun yomon xislatlardan xoli, tozadir. Mutasavvif o‘z ibodatiga, Allohga bo‘lgan sevgisiga teskari kelmagan dunyodan yuz o‘girmaydi. U ibodat payti ibodatini ado etadi, avrod payti avrod o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ladi, ish paytida esa ishlaydi. Ishlashdan maqsad shon-shuhrat, mansab, mavqe, boylik emas, balki insonlarga xizmat etish, ommaga foyda keltirishdir. Chunki omma manfaatini o‘ylash ham bir ibodatga kiradi.


AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: IBODAT VA ZIKR AHLIGA TAVSIYALAR. Imom Sha'roniy
« Javob #80 : 02 Dekabr 2007, 02:21:42 »
Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar



Muallif: Imom Sha'roniy

Hajmi: 120 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1274
Ko'rilgan: 574644
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:24:13
muallifi AbdulAziz
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

Muallif AbdusalomBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 329
Ko'rilgan: 151831
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:55:29
muallifi AbdulAziz
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 380
Ko'rilgan: 192229
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 22:24:46
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad

Muallif UmarbekBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1153
Ko'rilgan: 391614
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 22:38:47
muallifi AbdulAziz
Imom Navaviy. Al-azkor

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1278
Ko'rilgan: 341773
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:29:16
muallifi AbdulAziz