Alastair Makintayr axloqqa oid hukmron nazariyalarning paradoksini qisman ularning kalvinizmdagi bayonidan kelib chiqib kashf etgan edi; uning tanqidi ash'ariylikka ham tegishlidir. Yana ash'ariylik moturidiylik bilan ham tinch-totuv yashab kelmoqda. Moturidiylik sababning kuchi va biror narsani ko‘rsatib, isbotlab berish xususidagi ilk iroqiy tushunchalarga asoslangan an'anadir. Moturidiy nuqtai nazari islom feminizmi uchun yaxshiroq asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Sababi, u shar'iy tengsizlik xususidagi mojaroni yovuzlik mavjudligi tufayli ilohiy ehtiyotkorlikni himoya qilish zarurati deb emas, aksincha, nazariy yechim talabi deb qaraydi. Ilohiy qonunning axloqiy jihatdan tushunarliligi uchun joy talab etiladi, shariat me'yorlari Alloh mavjudligi va komilligining yozma dalilidir, bunday joy, avvalo, ilohiyotshunoslik bo‘lishi kerak. Men aynan shu nuqtada bu tushunchani Lyusi Irigiraydan qarzga olmoqchiman.
Irigaray Haydegger ontologiyasini uzundan-uzoq tanqidiy tahlil qilar ekan, nemis mutafakkirining «havoni unutish» odati uchun ayblaydi: Irigarayning kitobi «Havoni unutish» deb nomlanadi. U «ishonchsizlik uyqusi»dan uyg‘onish sharti sifatida «mavjudlikni unutish»ni taklif etadi. Feminist bo‘lgan Irigaray nazdida bu hol unsurlarga erkak jinsi egalik qilishini buzib yubordi. Xususan, Haydegger, garchi Suqrotdan oldingi ta'limot, ya'nikim metafizik intuitsiyani qayta tiklashni talab qilsa-da, yerga oyoq tirab turishdan hech qayga qocha olmaydi, deydi Irigaray; yer qattiq jism sifatida muzakkarga mansubdir, u to‘g‘ri chiziqlilik va nazorat xossasiga ega. Uning taklif etishicha, haqiqiy maqbullik tozalovchi yoki ochuvchi sifatida mavjuddir, u havoni esga oladi, havoki - «musaffo, nurli va shaffof», havoki, (vujudni) «qurshab oladi». Shunday qilib, to‘rt unsurning qayta tiklanishi mavjudot muammosini tushunish imkonini beradi, bu esa insonlarga xos jins tushunchasiga to‘g‘ri keladi.