Albatta, avvalo, ilohiyotshunoslik xususida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Islom avval-boshdanoq o‘ziga e'tiqod qiluvchilar safini kengaytirishga harakat qilib keldi; uning asosiy hujjati (Qur'on)da xudoga tavsif beriladi, u, shuningdek, da'vat hamdir. Makka va uning qabilalar yashaydigan ichki hududlarida to‘lib-toshib yotgan butparastlikni yer bilan yakson qilgan Qur'on islohoti o‘zidan olti asr oldin nozil bo‘lgan nazaretlik Iso islohotidan ko‘ra jadalroq edi. Iso da'vat qilgan kishilar yahudiy va monoteist bo‘lgani uchun ham qat'iy qoralanmagan edi, hazrat Muhammadning ummatlari xususida esa Qur'onda hech bir tavsif berilmagan. Shuning uchun ham Qur'on bevosita tarixiy kontekstga urg‘u beradigan diniy qarashlarni tozalash yoki takomilga yetkazishni talab etmaydi, aksincha, ularni so‘zsiz rad etadi. Binobarin, ibtidoiy islom etos[203]i qat'iy tarzda bahsli va o‘zgarishga moyildir. Rasululloh diniy rahnamoligining eng yuksak nuqtasi bo‘lmish Arofat tog‘ida aytgan xutbasi islomning buyuk vakolatiga teng so‘zlar bilan tugaydi: "Ushbu haqiqatni bu yerda yo‘q kishilarga ham yetkazing"[204].
Ushbu dastlabki sitz im leben[205]ga qaramasdan, bizga ma'lum manbalar rasululloh o‘z diniy rahnamoligini faqat majusiy arablarga mo‘ljallaganidan dalolat bermaydi. Musulmonlar xotirasida qolganiday, Muhammad faqatgina «Ismoil farzandlarining yo‘qolgan suruvi»gagina yuborilmagan; u, hadisda bayon qilinganiday, «butun bashariyatga yuborilgandir»; darhaqiqat, o‘rta asrlardagi kalom mutafakkirlari bir ovozdan ta'kidlaganiday, islom Alloh yuborgan yakkayu yagona universal dindir. Ushbu musulmoncha klassik nuqtai nazardan Iso faqat yahudiylar payg‘ambari ekaniga ishonar edi; shuning uchun ham xristian dinining keyingi yahudiylarga qaratilmagan missiyasi preparatio evangelii[206] sifatida oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Preparatio evangelii islomga tayyor turgan majusiy asosni buzib tashladi. Ba'zi bir zamonaviy tarixchilar, arablarning najotkor tarqoq tarixini bino etishdan yiroq bo‘lgan Qur'on ularga mutlaqo qiziqish bildirmaydi, hech qachon ularni muhim o‘tmish yoki tarix egalari deb oshirib-toshirib maqtamagan, degan da'voni ilgari suradi. Garchi ravvinlar iudaizmi dinning asos soluvchi muhitiga eng yaqin yakkaxudolik dini bo‘lsa-da, islom qardosh somiy xalqlar uchun iudaizmning qayta yozilgan nusxasi emas. Modomiki, payg‘ambarlik missiyasi tabiatini qayta tiklashga bo‘lgan urinishlar ishonchli ekan (eng ashaddiy zamonaviy tarixchilarning deyarli barchasi xuddi shunday deb o‘ylaydi), islomning ilohiy tabiati dastlabki paytlardan beri o‘z maqsadiga ko‘ra chindan-da universal bo‘lganini ko‘rsatib berish uchun yetarli dalillar mavjud. Rasulullohning bir necha shogird va sahobalari arab millatiga mansub bo‘lmagan: an'anada yunon Suhayb, fors Salmon, islomning ilk muazzini habash Bilol nomlari saqlanib qolgan.