Qur'on arab ma'jusiyligiga mutlaqo chek qo‘ydi. Bu muqaddas kitobda odamlarga otameros bo‘lib kelgan din kambag‘allarni ezgan, individual ruhning yashab qolishini rad etgan va Allohning vazifasini faqat yarim oroldagi qabilalarga tegishli ilohlar ustidan mujmal nazorat qiluvchi samoviy xudo maqomiga tushirib qo‘ygan dahshatli okkult[297] butparastligi sifatida tasvirlanadi. Qur'on buni shirk, ya'ni boshqalarni Allohning sherigi deb bilish, ularni ham chin qudrat va iroda egasi deb hisoblash deb qaraydi. Unga ko‘ra, bu xato bandalarini "yoqilg‘isi odamlar va toshlar" bo‘lgan abadiy jahannam o‘tida kuydiradi. Shunisi ravshanki, unchayam sodiq bo‘lmagan Hikk ekzegeti[298] ham dinni Jon Hikkning I.Kantdan olib ishlatgan terminologiyasini istifoda etarak, "Biru borga erkin ochiqlik" singari o‘ta salbiy atamalar bilan tavsiflashi mumkin. Qur'on esa noumen[299]ni fenomen sifatida tasavvur qilish birday qimmatga ega bo‘la olmasligini aniq-ravshan ta'kidlaydi.
Iudaizm va xristian dinlarida, albatta, u qadar ochiq so‘zlanmaydigan bunday o‘rinlar talaygina. Qur'onning barcha sahifalarida (masalan, "Baqara" surasining 136-oyatida[300]) ikkala dinga ham Allohning chin payg‘ambarlari asos solgani va o‘shandan beri marhamat va gunohlardan forig‘ bo‘lishday azaliy mukammal vositalar ularning diqqat-e'tiborida bo‘lib kelgani aytiladi. U yana takroran shuni nazarda tutadiki, Allohning insoniyatga yo‘l ko‘rsatishi Tavrotdagi payg‘ambarlar bilangina tugab qolmaydi. Qur'onda bu hol yahudiy bo‘lmagan payg‘ambarlarning namunali hayotini esga olish orqali isbotlab beriladi[301]. Unda ta'kid etiladiki, «har bir qavm uchun (Alloh yo‘liga) yetaklovchi - hidoyat qilguvchi bordir" ("Ra'd" surasi, 7-oyat) va "har bir ummat ichida ham albatta bir ogohlantiruvchi - payg‘ambar o‘tgandir"("Fotir" surasi, 24-oyat), yoki shunga o‘xshash "Aniqki, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo‘linglar", degan vahiy bilan bir payg‘ambar yuborganmiz" ("Nahl" surasi, 36-oyat). Hatto hadisda ham Allohning payg‘ambarlari soni aniq keltiriladi, ya'ni Odam Atodan Muhammadga qadar bir yuz yigirma to‘rt mingdan kam bo‘lmagan payg‘ambar o‘tgan[302], deyiladi.