Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155520 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:22:45

Savol: Tuyani niyat qilgan, lekin topolmagan bir odam o‘rniga yettita qo‘y yoki echki so‘yishi mumkinmi?

Javob: Ha, bunaqa vaziyatda yettita qo‘y yoki echki so‘yishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:22:57

Savol: Kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan sotib olgan hayvoni qurbonlikka atalgan bo‘ladimi?

Javob: Ha, sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra kambag‘alning bu niyat bilan sotib olgan hayvoni qurbonlik uchun atalgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:23:06

Savol: Boy bir odam «Shu ishim amalga oshsa Qurbon hayiti kunlarida bir qurbonlik so‘yaman», desa, Hayit kunlarida nechta qurbonlik so‘yishi kerak.

Javob: Agar Qurbon hayitdan oldin shunday bir nazr qilgan bo‘lsa, yoki Qurbon hayiti kunlarida aytib, odatda so‘yishi kerak bo‘lgan qurbonlikdan boshqa qurbonlikni nazarda tutgan bo‘lsa, ikkita so‘yishi kerak. Biri nazr qilgani uchun, boshqasi boy bo‘lgani uchun. Biroq Qurbon hayiti kunlarida bunday bir nazr qilgan bo‘lsa-da, aslida boy bo‘lganligidan so‘yishi vojib bo‘lgan qurbonlikni nazarda tutgan bo‘lsa, bitta so‘yishi yetarlidir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:23:19

Savol: Qusurli bir hayvon sotib olgan kishi qusuri yaxshilangandan so‘ng uni qurbonlik qilib so‘yishi joizmi?

Javob: Ha, joizdir. Chunki muhimi so‘yilayotgan vaqtda hayvonning qusursiz bo‘lishidir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:23:32

Savol: Go‘shtining hammasi sadaqa qilinishi kerak bo‘lgan qurbonliklar qaysilar.

Javob: Go‘shtining hammasi sadaqa qilinishi kerak bo‘lgan qurbonliklar shulardir:
1.   Nazr qilingan qurbonlik;
2.   Hayit kunlarida so‘yilmagan qurbonlik;
3.   O’likning (marhumning) vasiyati bilan so‘yilgan qurbonlik;
4.   Sheriklaridan birining qazoga niyat qilgan qurbonligi;
5.   Kambag‘alning sotib olgan qurbonligi (ikki qarashdan biriga ko‘ra);
6.   Qurbonlikning tuqqan bolasi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:23:42

Savol: Bo‘g‘oz bo‘lgan hayvonning qurbonlik qilinishida biror zarar bormi?

Javob: Bo‘g‘oz bo‘lgan hayvonning qurbonlik qilinishida biror zarar yo‘q. Lekin tug‘ishi yaqinlashgan bir hayvonning qurbonlik qilinishi makruhdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:23:51

Savol: Makkada muqim bo‘lgan hoji (haj bilan bog‘liq qurbonlikdan tashqari) boyligi sababli, Qurbon hayiti munosabati bilan qurbonlik so‘yishi kerakmi?

Javob: Sahih rivoyatga ko‘ra so‘yishi kerak. Boshqa bir qarashga ko‘ra hoji muqim bo‘lsa ham, boyligi sababli qurbonlik so‘yishi kerak emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:24:00

Savol: Yoshligida biror sabab bilan dumbasining ko‘p qismi uzilib qolgan qo‘ylarning qurbonlik qilinishida mone’lik bormi?

Javob: Yo‘q, kichik yoshda biror sabab bilan dumbasi uzilib qolgan qo‘ylarning qurbonlik qilinishida mone’lik yo‘qdir. Chunki bu nuqson hisoblanmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:24:09

Savol: Elektr asbob bilan hayvon so‘yilishi joizmi?

Javob: Oddiy so‘yilgan har bir hayvon uchun alohida-alohida «Bismilloh» aytish kerak. Biroq ikki yoki ortiqroq hayvonlarni ustma-ust yotqizib, bir marta «Bismilloh» deb o‘tkir qilich (tig‘) bilan birdan so‘yilishi joiz bo‘lganiga ko‘ra birdan ko‘p hayvonni qatorga tizib kesadigan biror jihoz bilan avtomatik ravishda birdan so‘yilishi joiz bo‘lishi mumkin. Bunaqa vaziyatda avtomatning har bor ishlashida «Bismilloh» boshidan aytilishi kerak. Biroq bu holda hayvonning joni chiqmasidan boshi uzilayotgan yoki hayvon ensasidan so‘yilayotgan bo‘lsa makruh bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:24:24

Savol: Hazrati Iysoni Allohning o‘g‘li deb ishongan xristianlar va Hazrati Uzayrni Allohning o‘g‘li deb ishongan yahudiylarning so‘yganlari yeyiladimi?

Javob: Ba’zi olimlar «bu holatdagi xristianlar va yahudiylarning so‘yganlari yeyilmaydi», desalar ham, sahih qarashga ko‘ra yeyiladi.

Qayd etilgan