Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155375 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:31:48

Savol: Nazr qilingan, shukr, o‘lik, aqiqa va hadyi qurbonliklari uchun so‘yiladigan hayvonlarda qanday shartlar mavjud bo‘lishi kerak?

Javob: Hayvonning jinsi, yoshi, nuqsonli va nuqsonsiz bo‘lishi kabi qurbonlikda bo‘ladigan shartlarning hammasi bularda ham bo‘lishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:32:04

HAYVON (JONLIQ)NING SO’YILISHI

Savol: Shar’iy so‘yilish necha xil bo‘ladi?

Javob: Shar’ii so‘iilish ikki xil bo‘lib, iztirorii (zarur holatda) va ixtiyoriydir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:32:13

Savol: Iztiroriy so‘yish deb nimaga aytiladi?

Javob: So‘yiladigan bir hayvonni so‘yishdan ojiz qolgan holatda duch kelgan joyiga biror jarohat yetkazib, qonini to‘kib o‘ldirishga aytiladi. Quduqqa tushib ketgan va chiqarishning imkoni bo‘lmagan, qochib ketib tutqich bermaydigan yoki tajovuzkor hayvonlarning so‘yilishi shu turga kiradi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:32:25

Savol: Ixtiyoriy so‘yilish deb nimaga aytiladi?

Javob: Hayvonning jag‘iga ulangan joyi bilan ko‘kragiga ulangan joyi orasidagi har qanday bir joydan qoidaga muvofiq holda so‘yilishga aytiladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:32:37

So‘yishdagi kerakli shartlar

Savol: So‘yishda lozim bo‘lgan shartlar qaysilar?

Javob: So‘yishda lozim bo‘lgan shartlar shulardir:
1   - So‘ygan kishining musulmon yoki kitob ahli (yahudiy yoki xristian) bo‘lishi, musulmonning xotin yoki erkak, kitob ahlining zimmiy yoki harbiy bo‘lishining farqi yo‘q;
2   - «Bismilloh» aytilgan bo‘lishi;
3   - Bo‘ynidagi kesilishi kerak bo‘lgan tomirlarning kesilgan bo‘lishi.
Biroq bu shart ixtiyoriy so‘yilishda bordir; iztiroriy so‘yishda o‘ldiruvchining jarohat yetkazishi kifoya.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:32:47

Savol: So‘yish asnosida xristanlarning Masih otini, yahudiylarning Uzayr otini eslaganlari bilinsa, so‘yganlari yeyiladimi?

Javob: Yo‘q, bunday holatda so‘yganlari yeyilmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:33:12

Savol: «Bismilloh» qaysi holatda aytilmasa so‘yilgan hayvonning go‘shti yeyilmaydi?

Javob: «Bismilloh» qasddan tark qilinsa so‘yilgan hayvonning go‘shti yeyilmaydi. Lekin unutilib yoki shart ekanligini bilmasdan tark qilinsa yeyiladi. So‘ygan musulmon bo‘lsa ham, kitob ahli bo‘lsa ham hukm bir xildir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:35:04

Savol: «Bismilloh»ning aytilgani yoki aytilmagani bilinmasa yeyiladimi?

Javob: Ha, yeyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:35:21

Savol: Bir kishi bir necha hayvonni birin-ketin so‘yadigan bo‘lsa, har biri uchun alohida «Bismilloh» aytishi kerakmi?

Javob: Ha, bu holatda har biri uchun alohida «Bismilloh» aytishi kerak. Biroq bir-birini ustiga yotqizib, hammasi birdan so‘yiladigan bo‘lsa, bir marta «Bismilloh» aytish kifoya.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:35:30

Savol: «Bismilloh» aytgandan keyin pichoqni almashtirish paytida «Bismilloh»ni qayta aytish kerakmi?

Javob: Yo‘q, pichoqning almashishi bilan «Bismilloh»ni qayta aytish kerakmas, lekin hayvon almashishi bilan «Bismilloh»ni qaytadan aytish kerak.

Qayd etilgan