Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155323 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:10:36

Savol: Kambag‘al odamning sotib olgan qurbonligida qusurlardan biri keyinroq paydo bo‘lsa, uning o‘rniga boshqasini olib so‘yishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al odamning avvalgisining o‘rniga boshqa bir hayvon olib so‘yishi kerakmas. Bunday qusurli bir hayvonning so‘yilishi kifoyadir. Chunki bu qurbonlik u kambag‘al uchun nafldir. Naflda esa kenglik va qulaylik bordir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:10:46

Savol: Qurbonlik hayvoni so‘yish asnosida qusurlansa, o‘rniga boshqasini olish kerakmi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatda boy bo‘lsin, xoh kambag‘al bo‘lsin o‘rniga boshqasini olishi kerak emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:11:08

Savol: Qurbonlik hayvonda mavjud bo‘lishi makruh sanalgan qusurlar qaysilar?

Javob: Qurbonlik hayvonda mavjud bo‘lishi makruh sanalgan asosiy qusurlar shulardir:
1.   Qarilik sababi bilan sutdan yoki tug‘ishdan qolgan bo‘lsa;
2.   Qulog‘i yorilgan yoki teshilgan bo‘lsa;
3.   Yangi tug‘ilgan bo‘lsa;
4.   Bo'g‘oz (tug‘ishi yaqin qolgan)bo‘lsa.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:11:21

Savol: Boy odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerakmi?

Javob: Ha, boy odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:11:31

Savol: Kambag‘al odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerak emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:11:41

Savol: Boy kishining sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘g‘irlansa yoki yo‘qolsa, o‘rniga boshqasini so‘ygandan keyin topilsa, uni ham so‘yishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, boy odamning bu holatda uni ham so‘yishi kerak emas. Chunki qurbonlik so‘yish burchini ado etib bo‘lgandir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:11:54

Savol: Kambag‘al kishining sotib olgan qurbonligi o‘g‘irlansa yoki yo‘qolsa, o‘rniga boshqasini so‘ygandan keyin topilsa, uni ham so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, kambag‘al kishining bu holatda uni ham so‘yishi kerak. Chunki kambag‘alning qurbonlik niyati bilan sotib olgan hayvoni qurbonlik qilish uchun atalgandir. Unga qurbonlik vojib bo‘lmagan bo‘lsa ham, sotib olgan qurbonligi o‘ziga (qurbonlikni) lozim qilgan.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:12:07

Savol: Boy bir odamning qurbonlik uchun olgan hayvonini sotishi joizmi?

Javob: Imomi A’zam va Imomi Muhammadga ko‘ra boy bir odamning qurbonlik uchun olgan hayvonini sotishi karohat (makruhlik) bilan joizdir. Bu holatda o‘rniga boshqa o‘xshashini yoki yaxshirog‘ini olib qurbonlik qiladi. Abu Yusufga ko‘ra qurbonlik niyati bilan olingan hayvonni sotishi joiz emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:12:16

Savol: Kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan olgan hayvonini sotishi joizmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan olgan hayvonini sotishi joiz emas. Chunki kambag‘alning bu maqsad bilan olgan hayvoni qurbonlik uchun atalgandir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:12:40

Savol: Qurbonlik niyati bilan sotib olingan hayvonni sotishi joiz bo‘lsa, almashtirilishi ham joizmi?

Javob: Ha, qurbonlik niyati bilan olingan bir hayvonni qaysi hollarda sotilishi joiz bo‘lsa, o‘sha hollarda almashtirilishi ham joizdir. Qaysi hollarda sotilishi joiz bo‘lmasa, o‘sha hollarda almashtirilishi ham joiz emasdir.

Qayd etilgan