Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155387 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:17:13

Savol: Qurbonlikning terisini muassasalarga berilishi mumkinmi?

Javob: Ha, qurbonlik terisini shaxslarga berilishi mumkin bo‘lgani kabi, Islomga xizmat qiladigan muassasalarga ham berilishi mumkindir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:17:30

Qurbonlikning mustahablari

Savol: Qurbonlikning mustahablari qaysilar?

Javob: Qurbonlik mustahablarining asosiylari shulardir:
1.   Qurbonlik qilinadigan hayvonni bir muddat saqlab boqilishi;
2.   Qurbonlik hayvonining bo‘yniga taqinchoq kabi bezak turlaridan biror narsaningtaqilib qo‘yilishi;
3.   Qurbonlik jonlig‘ining semiz bo‘lishi;
4.   So‘yishdan oldin yoki keyin duo o‘qilishi;
5.   Qo‘lidan kelsa sohibining o‘zi so‘yishi;
6.   So‘yilgandan keyin taqinchog‘ini sadaqa qilinishi;
7.   Qurbonlik so‘yilishidan keyin ikki rak’at namoz o‘qilishi;
8.   Qurbonlik go‘shtidan sohibining yeyishi;
9.   Qurbonlik go‘shtidan sadaqa qilinishi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:17:46

Qurbonlikning makruhlari

Savol: Qurbonlikning makruhlari qaysilar?

Javob: Qurbonlikda makruh bo‘lgan narsalarning asosiylari shulardir:
1.   Qurbonlik hayvonining yungidan yoki sutidan foydalanishi;
2.   Qurbonlik hayvonining almashtirilishi;
3.   Qurbonlik hayvoniga minish yoki unda yuk tashish;
4.   Qusuri makruh sanalgan hayvonning qurbonlik qilinishi;
5.   Qurbonlikni kitob ahlidan biriga so‘ydirilishi;
6.   Sotib olingan qurbonlikka keyinchalik sherik bo‘lish;
7.   Qurbonlik go‘shtini yoki terisini sotilishi;
8.   Qurbonlik go‘shtining bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishi;
9.   Qurbonlik go‘shtidan yoki terisidan qassob haqini berilishi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:18:00

QURBONLIK BILAN BOG’LIQ TURLI MASALALAR

Savol: Qurbonlik nisobiga bog‘, bog‘cha va dala kabi narsalarning o‘zlari kiradimi yoki daromadlarimi?

Javob: Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra bularning daromadlari, boshqa bir qarashga ko‘ra o‘zlari qurbonlik nisobiga kiradi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:18:10

Savol: Bir odamning uy sotib olish maqsadi bilan yiqqan pulidan qurbonlik qilishi kerakmi?

Javob: Ha, sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra bir kishining uy sotib olish maqsadi bilan yiqqan pulidan qurbonlik qilishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:18:19

Savol: Bir kishining birovga qarzi bo‘lsayu, olish muddati yetmagan bo‘lsa va nisob miqdori qadar boshqa moli bo‘lmasa, qurbonlik so‘yish uchun boshqa birovdan qarz olishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, bu holda qurbonlik sotib olish uchun qarz olishi shart bo‘lmaganidek qarzini olgandan keyin ham qurbonlikning evazini (haqini) sadaqa qilishi shart emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:18:27

Savol: Bir ayolning nisob miqdori qadar oltini bo‘lib, boshqa moli bo‘lmasa qurbonlik so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, bir ayolning oltin taqinchog‘i bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, lekin boshqa moli bo‘lmasada, nisob miqdoriga yetadigan qadar oltini bor bo‘lsa, qurbonlik so‘yishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:18:39

Savol: Qurbonlik qilish majburiyatida bo‘lgan kishi qurbonlikni xotini nomidan so‘yishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, o‘zining qurbonligini xotini nomidan so‘yolmaydi. Chunki qurbonlik so‘yish o‘ziga vojib bo‘lgandir. Lekin o‘zining qurbonligiga qo‘shib xotini uchun ham qurbonlik qilishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:18:49

Savol: Qurbonlik so‘yish o‘rniga haqini bir faqirga yoki xayriya tashkilotlariga berilishi joizmi?

Javob: Yo‘q, qurbonlik so‘yish o‘rniga haqini bir faqirga yoki biror tashkilotga berilishi joiz emas. Chunki qurbonlik qilish majburiyati faqat Alloh rizosi uchun so‘yilsa zimmadan soqit bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:18:58

Savol: Qurbonlik fe’lan vojib bo‘lgandan keyin molning yo‘q bo‘lishi bilan qurbonlik so‘yish majburiyati ketadimi?

Javob: Yo‘q, bunday bir holatda qurbonlik qilishi majburiyati soqit bo‘lmaydi.

Qayd etilgan