Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155544 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:19:07

Savol: Qurbonlik so‘yilgandan keyin butunlay talaf (yo‘q bo‘lib ketsa) qurbonlik majburiyati ketadimi?

Javob: Ha, bu holatda qurbonlik so‘yish majburiyati qolmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:19:16

Savol: Uy yoki mashinaning hashamatli va qimmatbaholiligi qurbonlik nisobiga kiradimi?

Javob: Yo‘q, uy va mashina asliy ehtiyojlardan bo‘lganligi uchun har qanday holatda ham ular qurbonlik nisobiga kirmaydi. Lekin musulmon har doim dabdaba va isrofdan saqlanishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:19:26

Savol: Bir kishi ruxsatsiz xotini yoki to‘ng‘ich o‘g‘li nomidan qurbonlik so‘yishi joizmi?

Javob: Yo‘q, bu holda xotini yoki katta o‘g‘li nomidan qurbonlik so‘yishi joiz emas. Biroq Imom Abu Yusufga ko‘ra kishi xotini yoki qaramog‘ida bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘li nomidan istisno tarzida qurbonlik so‘yishi joizdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:19:38

Savol: Bir odam ruxsatsiz o‘rtog‘ining sotib olgan qurbonligini so‘ysa, egasidan soqit bo‘ladimi?

Javob: Ha, egasidan soqit bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:19:48

Savol: Ikki kishi sahvan (adashib) bir-birlarining qurbonliklarini almashtirib so‘yishsa, qurbonliklari o‘tadimi?

Javob: Ha, har ikkisining qurbonligi o‘tadi. Har biri so‘yilgan shaklida o‘zining qurbonligini oladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:19:57

Savol: Boy bo‘lgan bir odam birdan ko‘p qo‘ylarni qurbonlik qilsa, hammasi vojib qurbonlik o‘rniga o‘tadimi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatda bir donasi vojib o‘rniga, qolgani nafl qurbonlik o‘rniga o‘tadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:20:07

Savol: Boy bir odam o‘zi uchun bir qoramol qurbonlik qilsa, yettidan biri vojib qurbonlik hisobiga o‘tadimi yoki butunimi?

Javob: Bu holda butun qoramol vojib qurbonlik hisobiga o‘tadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:20:18

Savol: Boy bir odam Qurbon hayitda o‘nta qurbonlik so‘yishga nazr qilsa, hammasini so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, sahih qarashga ko‘ra nazr qilingan miqdorning hammasini so‘yishi kerak. Lekin ba’zi olimlarga ko‘ra ikkita so‘yish yetarlidir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:20:27

Savol: Uy hayvoni bilan yovvoyi hayvonning qo‘shilishidan tug‘ilgan bir hayvon qurbonlik qilinishi mumkinmi?

Javob: Bu holda u hayvonning onasiga e’tibor qilinadi. Onasi xonaki bo‘lsa, bolasi ham xonaki hisoblanadi va qurbonlik qilinishi mumkin. Onasi yovvoyi bo‘lsa, bolasi ham yovvoyi hisoblanib, qurbonlik qilinmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:20:39

Savol: Xonakilashgan yovvoyi hayvon qurbonlik qilinishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, xonakilashgan yovvoyi hayvon qurbonlik qilinishi mumkin emas. Biroq yovvoyilashgan xonaki hayvon qurbonlik qilinishi mumkin.

Qayd etilgan