Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155455 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:20:48

Savol: Qurbonlikning qabul bo‘lishi uchun hayvon kishining mulkida (qo‘l ostida, tasarrufida) bo‘lishi kerakmi?

Javob: Ha, qurbonlik qabul bo‘lishi uchun hayvon kishining mulkida bo‘lishi kerak. Masalan, kishi yonida omonat bo‘lib turgan bir hayvonni o‘zining nomidan qurbonlik qila olmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:20:59

Savol: Bir odam boshqasiga «Mening nomimdan bir jonliq sotib ol va qurbonlik qilib so‘y» desa, u kishining o‘z mulkida bo‘lgan bir hayvonni uning nomiga qurbonlik qilib so‘yishi joizmi?

Javob: Yo‘q, joiz emas. Chunki bir shaxs ham oluvchi, ham sotuvchi bo‘la olmasligidan hayvon bunday holatda nomidan qurbon so‘yiladigan kishining mulkiga o‘tmagan hisoblanadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:21:12

Savol: Nasiyaga yoki kreditga qurbonlik olib so‘yish joizmi?

Javob: Ha, qurbonlik vojib bo‘lgan kishi bu holda qurbonlik sotib olishi joizdir. Chunki nasiyaga yoki kreditga olingan qurbonlik ham avvaldan olingan qurbonlik kabi kishining mulki hisoblangan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:21:20

Savol: Qishlik va yozlik uyi bo‘lgan, lekin nisob miqdoriga yetadigan moli bo‘lmagan odamning qurbonlik so‘yishi vojib bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatdagi bir odamning qurbonlik so‘yishi vojib emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:21:30

Savol: O’n kishi birgalikda o‘nta hayvonni olib har biri bittadan qurbonlik qilishi joizmi?

Javob: Ha, bu holda go‘shtlari tarozi bilan taqsimlanadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:21:39

Savol: Voris o‘lgan shaxs (marhumning) vasiyat qilmasdan qoldirgan molidan uning uchun qurbonlik qilsa, o‘zi ham yeyishi mumkinmi?

Javob: Vasiyati bo‘lmagan holda voris so‘ygan qurbonligidan yeyishda biror zarar yo‘q.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:21:49

Savol: Kambag‘al bir odam qurbonlik niyati bilan tovuq yoki xo‘roz so‘yishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan tovuq yoki xo‘roz so‘yishi tahriman makruhdir. Chunki bunda majusiylarga o‘xshashlik bordir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:21:58

Savol: Qurbonlik qabul bo‘lishi uchun niyat qilish shartmi?

Javob: Ha, qurbonlik qabul bo‘lishi uchun niyat qilish shart. Chunki hayvon ibodat niyati bilan ham, faqat go‘shti uchun ham so‘yilishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:22:11

Savol: Biror zotni kutib olish uchun so‘yilgan qurbonlikning go‘shti yeyiladimi?

Javob: Alloh rizosi bo‘lmasdan faqat biror zotning kelishini qutlash niyati bilan so‘yilgan qurbonlikning go‘shti, hatto «bismilloh» aytilgan bo‘lsa ham yeyilmaydi. Biroq u odamga yoki boshqalarga ikrom qilish niyati bilan so‘yilsa joizdir va go‘shti yeyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:22:36

Savol: O’lik nomiga (marhum uchun) Arafa kuni qurbonlik so‘yilishi mumkinmi?

Javob: Agar qurbonlikni niyat qilsa, Arafa kuni so‘yish mumkin emas. Chunki qurbonlik faqat hayit kunlarida so‘yiladi. Biroq sadaqa niyati bilan so‘yishni xohlasa Arafa kuni ham so‘yishi mumkin.

Qayd etilgan