Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 108603 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 06:56:47


Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 06:59:38

MUQADDIMA

Biz mansub bo‘lgan Islom dinining moliy ibodatlaridan bo‘lgan qurbonlik, buyuk Allohning ne’matlari uchun shukr etishimiz va Uning yo‘lida fidokorlik qilishimizning bir nishonasidir.

Qurbonlik diniy bir ibodat bo‘lishidan tashqari, ayni vaqtda uning axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati ham bor. Qurbonlik shu jihati bilan ham Islomdagi o‘zaro ijtimoiy yordamlashishning go‘zal bir namunasini tashkil etadi. Qurbonlikdan maqsad, Alloh roziligini topish. Bu maqsadning amalga oshishi esa kibr va riyodan uzoq bo‘lib, samimiyat va ixlos bilan qurbonlikni ado etishga bog‘liqdir. Bo‘lmasa, Allohning na qurbonlik go‘shtiga, na qoniga ehtiyoji bor. Qur’oni karimda mavzuga doir aytilganki: «Allohga (qurbonlik) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin, u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli - U zotni ulug‘lashlaringiz uchun - ularni sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!». (Haj surasi, 37-oyat).

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 06:59:51

Musulmon birodarlarimizning bu ibodatni bajarayotganlarida, umuman shu mavzu bilan bog‘liq ko‘plab savollar tushishini hamda mavzuga doir sodda, ommabop manbalarning kamligini inobatga olib diniy, axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati bo‘lgan bu sohada kitob yozishga kirishdik.
Kitobimizni yozayotganda mavzuni xalqimiz va din olimlari foydalanadigan shakl va uslubda tushuntirishga harakat qildik. Hukm va masalalarni hanafiy fiqhi asosida tushuntirdik. Faqat ayrim muhim va farqli qarashlar bor bo‘lgan o‘rinlarda shofi’iy mazhabining nuqtai nazarlarini ham sharh qismida va snoska (matn osti)da izohlab berdik. Lozim bo‘lganda murojaat qilish uchun imkoni boricha manbalarni ham ko‘rsatib o‘tdik. Ushbu ishimiz shu holatida ham mavzuimizga doir muhim bir bo‘shliqni to‘ldiradi, degan qanoatdamiz. Lekin qancha harakat qilmaylik xato va kamchiliklar o‘tib ketgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli foydali tanqidlarni samimiyat bilan qabul qilamiz va keyingi nashrlarda inobatga olamiz, inshoalloh. Muvaffaqiyat Allohdandir.

Muallif

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:00:11

QURBONLIKNING TA’RIFI

Savol: Qurbonlik nima?

Javob: Qurbonlik lug‘atda «yaqinlashmoq», istilohda Qurbon hayiti kunlarida Allohga ma’naviy yaqinlashish maqsadi bilan so‘yilgan hayvonga (jonliqqa) berilgan nomdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:00:36

Qurbonlikning shar’iyligi

Savol: Qurbonlik qachon mashru’ (shar’iy amal) qilingan?

Javob: Qurbonlik hijratning ikkinchi yili Madinada mashru’ qilingan. Shar’iy amalligi kitob, sunnat va ijmo’ bilan sobitdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:00:55

Savol: Qurbonlik shar’iyligininghikmati nimada?

Javob: Buyuk Allohning ne’matlari uchun shukr etish, Haq yo‘lida fidokorlik qilish, moddiy imkoniyatlari yo‘l qo‘ymagan kimsalarning ma’lum bir vaqtlarda bo‘lsa ham, go‘sht yeyishlarini ta’minlash, pirovardida savob olmoq va bir qancha balolardan asranmoq kabi diniy, axloqiy va ijtimoiy maqsadlarga yetishish Qurbonlik shar’iyligining hikmatidir. Qurbonlik ayni paytda Islomdagi ijtimoiy o‘zaro yordamlashishning va birdamlikning go‘zal namunalaridan biridir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:01:32

Qurbonlikning tarixi

Savol: Qurbonlik ibodatining tarixi qaysi davrga borib taqaladi?

Javob: Qurbonlik ibodatining tarixi ancha eskidir. Bugungi ko‘rinishi Hazrat Ibrohim alayhissalom va o‘g‘li Ismoil alayhissalomga borib taqaladi. Hazrati Ibrohim bir kuni o‘g‘li Ismoilni qurbonlik qilayotganini tushida ko‘radi, bu - ilohiy vahiy bo‘ladi. Hazrati Ibrohim ahvolni o‘g‘liga tushuntiradi, o‘g‘li ham bunga tayyor, rozi ekanligini bildiradi. Hazrati Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbonlik qilishga tayyorlanayotganda Janobi Haq ularning bu samimiyatlari va taslimiyatlari sababli Ismoilning o‘rniga bir qo‘y yuboradi. Hazrati Ibrohim Ismoilning o‘rniga bu qo‘yni qurbonlik qiladi. Qur’oni Karimda bu haqda aytiladi: «Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey, o‘g‘ilcham, men tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y (fikr) qilishingni bir (o‘ylab) ko‘rgin», - degan edi, u aytdi: «Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan». Bas, qachonki ikkisi ham (Allohning amriga) bo‘yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan (erga) yotqizgan ediki, Biz unga nido qildik: «Ey, Ibrohim! Darhaqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz». Albatta, bu (qurbonlikka buyurishimiz) ayni sinovdir. Biz (Ismoilning) o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni evaz qilib berdik. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik. Ibrohimga salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! Darhaqiqat, u Bizning mo‘‘min bandalarimizdandir!». (As-soffat surasi, 102-111-oyatlar).

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:01:45

Qurbonlikning hukmi

Savol: Qurbonlik qilishninghukmi nimadir?

Javob: Qurbonlik qilish vojibdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:02:04

Savol: Qurbonlik vojib bo‘lishining dalili nima?

Javob: Qur’ondagi: «Robbing uchun namoz o‘qi va qurbonlik qil», ma’noli oyati karima hamda «Sharoit, imkoniyati bor bo‘lib qurbonlik qilmagan kishi namozgohimizga yaqinlashmasin» ma’nosidagi hadisi sharif qurbonlik vojib bo‘lishining dalilidir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:02:16

Qurbonlikning vojibligi

Savol: Qurbonlik kimlarga vojibdir?

Javob: Qurbonlik boy va muqim (musofir bo‘lmagan) har bir musulmon erkak va ayolga vojibdir.

Qayd etilgan