Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155383 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:02:28

Savol: Boy deb kimga aytiladi?

Javob: Boy deb, qarzidan va asosiy ehtiyojlaridan boshqa 20 misqol (80.18 gr) oltin yoki shu qiymatdagi pul yoki molga ega bo‘lgan odamga aytiladi. Qurbonlik bilan zakotning nisobi bir xil bo‘lishi bilan birga, qurbonlik nisobida molning ko‘payadigan bo‘lishi yoki qurbonlik muddatidan bir yil o‘tishi kerak degan shart yo‘qdir .

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:02:40

Savol: Asosiy ehtiyojlar nimalar?

Javob: Odamning yashayotgan uyi, kerakli uy ashyosi, libos, ulov, ish qurollari va shunga o‘xshashlar asosiy ehtiyojlarning muhimlaridir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:02:52

Savol: Muqim deb kimga aytiladi?

Javob: Muqim deb qurbonlik so‘yiladigan kunlarda oilasi yashayotgan joyda bo‘lgan yoki safarda kamida o‘n besh kun yoki undan ham ko‘p qolishga niyat qilgan kishiga aytiladi. Qurbonlikni ta’minlash, so‘yish va go‘shtini haqdor kishiga berish qiyin bo‘lgani uchun musofir kishiga agar boy bo‘lsa ham qurbonlik qilish vojib qilinmagan. Lekin musofir xohlasa nafl tariqasida qurbonlik qilishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:03:03

Savol: Kishining tug‘ilib o‘sgan yoki safar (musofir) hisoblanadigan masofaga borib qiladigan qurbonligining hukmi qanday?

Javob: Kishining u joyda uyi yoki aqori bo‘lmasa qilinadigan qurbonligi nafldir. Uyi yoki aqori bor bo‘lsa qurbonlikning hukmi ixtiloflidir. Ba’zilarga ko‘ra nafl, ba’zilarga ko‘ra vojibdir. Birinchi qarash to‘g‘riroqdir. Bunday ixtiloflar bunday vaziyatlarda kishining musofir yoki muqim bo‘lishiga borib taqaladi .

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:03:14

Savol: Musofir bo‘lgan kishining yashayotgan joyida vakolat bilan qilgan qurbonligining hukmi qanday?

Javob: Musofir bo‘lgan kishining yashayotgan joyida vakolat bilan qilgan qurbonligi nafldir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:03:24

Savol: Muqim bo‘lgan kishining safar masofasida bo‘lgan bir joyda vakolat bilan qilgan qurbonligining hukmi qanday?

Javob: Muqim bo‘lgan kishining safar masofasida bo‘lgan bir joyda vakolat bilan qilgan qurbonligi vojibdir. Bu ikki masalada qurbonlik so‘yiladigan joyga emas, qurbonlik sohibining muqim yoki musofir bo‘lishiga e’tibor qilinadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:03:37

Savol: Musofir bo‘lgan kishi qurbonlik so‘ygandan keyin qurbonlik qiladigan kunlarda muqim holatiga kelsa yana qurbonlik qilishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, musofir qurbonlik qilgandan keyin Hayit kunlarida muqim holatiga kelsa yana qurbonlik qilishi kerak emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:03:49

Savol: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun aql va balog‘at shartmi?

Javob: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun Imomi A’zam va Abu Yusufga ko‘ra aql va balog‘at shart emas. Shu sababli boy bo‘lgan bir bola yoki ruhiy kasal bo‘lgan kishining molidan otasi yoki valiysi qurbonlik qilishi kerak. Bu qurbonlikning go‘shtidan faqat bola yoki ruhiy kasal bo‘lgan kishining o‘zi yeyishi mumkin. Go‘shtning qolgan qismini kiyim-kechakka yoki  foydalanadigan  boshqa   narsalarga  almashtirish  mumkin.  Lekin Imom Muhammadga ko‘ra qurbonlik vojib bo‘lishi uchun aql va balog‘at shartdir. Fatvo ham shunga ko‘radir. Shu sababli bola yoki ruhiy xastaning molidan qurbonlik qilinishi kerak emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:04:12

QURBONLIKNING XILLARI

Savol: Hukm tomonidan qurbonlik necha xildir?

Javob: Hukm tomonidan qurbonlik vojib va nafl bo‘lib, ikki xildir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:04:23

Savol: Vojib bo‘lgan qurbonlik xillari qaysidir?

Javob: Vojib bo‘lgan qurbonlik xillari shulardir:
1-Boyning hayit kunlari qilgan qurbonligi;
2-Nazr qilingan qurbonlik;
3 Kambag‘alning qurbonlik niyati bilan sotib olgan qurbonligi.

Qayd etilgan