Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155393 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:04:35

Savol: Nafl bo‘lgan qurbonlik xillari qaysidir?

Javob: Nafl bo‘lgan qurbonlik xillari shulardir:
1.   Musofirning qilgan qurbonligi;
2.   Kambag‘alning qurbonlik uchun niyat qilmay sotib olgan yoki mulkiyatida (tasarrufida) bo‘lgan hayvonlardan qilgan qurbonligi.
3.   Kishining Qurbon hayiti kunlaridan tashqari Alloh rizosi uchun so‘ygan qurbonligi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:04:49

Qurbonlik qilinadigan hayvonlar

Savol: Qaysi hayvonlar qurbonlik qilinishi mumkin?

Javob: Hayvonlardan faqat qo‘y, echki, to‘ya va qoramol qurbonlik qilinishi mumkin. Qo‘tos ham qoramol jinsidandir. Xo‘roz, tovuq, kurka va g‘oz kabi uy parrandalari hamda go‘shti yeyiladigan yovvoyi hayvonlar qurbonlik niyati bilan so‘yilishi mumkin emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:05:05

Qurbonlik molining yoshi

Savol: Qurbonlik qilinadigan hayvonning yoshi nechada bo‘lishi kerak?

Javob: Qo‘y va echki bir, tuya besh, qoramol ikki yoshdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Faqat qo‘y olti oyni tamomlaganda bir yoshni tamomlagan kabi gavdali bo‘lsa, u ham qurbonlik qilinishi mumkin. Qo‘ydan tashqari boshqalari har qancha salobatli ko‘rinsalar ham belgilangan yoshga to‘lmaguncha qurbonlik qilinishlari joiz emas .

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:05:34

QURBONLIKDA SHERIKCHILIK QILISH

Savol: Bir hayvon nechta odam nomidan qurbonlik qilinishi mumkin?

Javob: Bir qo‘y yoki echki faqat bir kishi nomidan qurbonlik qilinishi mumkin. Bir tuya yoki bir qoramol bir kishidan yetti kishiga qadar odamlar nomidan qurbonlik qilinishi mumkin. Yetti kishidan oshmaslik sharti bilan sheriklarning toq yoki juft bo‘lishlarining aslo farqi yo’q.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:05:47

Savol: Boy bir odam o‘zi uchun qurbonlik qilish niyati bilan sotib olgan qoramolga boshqani sherik qilishi joizmi?

Javob: Ha, boy bir odam o‘zi uchun qurbonlik qilish niyati bilan sotib olgan qoramoliga keyinroq boshqalardan badalini (haqini) olib sherik qilish mumkin. Lekin bunda bir noxushlik bor. Chunki u odam bergan so‘zidan qaytgan hisoblanadi. Bu holat eng yaxshisi, olingan pulni sadaqa qilinishidir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:05:56

Savol: Kambag‘al bir odamning o‘zi uchun qurbonlik qilish niyati bilan sotib olgan bir qoramoliga boshqalarni sherik qilishi joizmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al bir odamning bu holatda boshqasini sherik qilishi joiz emas. Chunki kambag‘al uni sotib olib o‘ziga vojib qilgan.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:06:05

Savol: Bir odamning boshqalarni sherik qilish niyati bilan qoramol sotib olishi, keyin boshqalarni sherik qilishida karohat bormi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatda boshqalarni sherik qilishda karohat yo‘qdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:06:27

Sheriklardan talab qilingan shartlar

Savol: Qurbonlikda sheriklardan talab qilingan shartlar qaysilar?

Javob: Bir qoramol yoki tuyani qurbonlik qilishda sherik bo‘lganlardan talab qilingan shartlar shulardir:
1.   Barcha sheriklarning musulmon bo‘lishlari;
2.   Hammasining qurbonlik niyati bilan sherik bo‘lishlari;
3.   Har birining umumiy qurbonlikdan eng kamida yettidan biriga ega bo‘lishi;

Sheriklardan biri musulmon bo‘lmasa yoki qurbonlik niyati bilan emas, go‘sht uchun qo‘shilsa yoki birining hissasi yettidan biridan kam bo‘lsa, u qurbonlik tamoman qabul qilinmaydi. Lekin (niyatda) qurbonlik xillarining bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni bir qismining vojib qurbonligiga, bir qismining sunnat, nafl, o‘lik (marhum nomidan) yoki aqiqa kabi farqli qurbonlik xillari uchun niyat qilinishi joizdir. Barcha sheriklarning bir xil qurbonlik (turi) uchun sherik bo‘lishlari mustahabdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:06:47

Savol: Sakkiz kishining ikkita qoramolga sherik bo‘lishlari joizmi?

Javob: Yo‘q, joiz emas. Hatto sakkiz kishining sakkizta qoramolga sherik bo‘lishlari joiz emas. Chunki bu holda har bir sherikning har bir qoramoldagi hissasi yettidan birdan oz. Lekin yetti yoki kamroq kishining bir qoramolga sherik bo‘lishlari joiz bo‘lgani kabi birdan ko‘p qoramolga ham sherik bo‘lishlari joizdir. Zero, bu holatda har bir sherikninghar bir qoramolga eng kamida yettidan bir hissasi bordir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:06:58

Savol: Ikki kishi ikki qo‘y uchun sheriklik qilishlari joizmi?

Javob: Ha, ikki kishining ikki qo‘y uchun istihsonan sherikchilik qilishi joizdir.

Qayd etilgan