Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 108479 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:07:11

Savol: Nazr qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizmi?

Javob: Ha, nazr qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki tuyaga sherikchilik qilish joizdir. Chunki fiqh kitoblaridagi «qurbat jihatining (qurbonlik turlarining) farqli bo‘lishida zarar yo‘qdir» jumlalaridan birortasida nazr qurbonligi istisno qilinmagan.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:07:26

Savol: Valima (uylanish ziyofati) niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizmi?

Javob: Ha, shukr yoki sunnat niyati bilan valima uchun bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:07:39

Savol: Qazo qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizmi?

Javob: Yo‘q, qazo qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joiz emas. Agar sheriklardan biri bunga niyat qilsa, niyati hisoblanmay, qazoga niyat qilgan narsa naflga aylanadi. Boshqa sheriklarning qurbonliklari sahih bo‘lsa ham hissalari umumiy hissa bo‘lganligi uchun hammasining sadaqa qilinishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:07:59

AFZAL BO’LGAN QURBONLIK

Savol: Qaysi hayvonni qurbonlik qilish afzalroqdir?

Javob: Tuya qoramoldan, qoramol qo‘ydan, qo‘y echkidan afzalroq . Savol: Qurbonlikning erkagi afzalmi yoki urg‘ochisimi? Javob: Qo‘y va echkining erkagi, tuya bilan qoramolning urg‘ochisi afzaldir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:08:10

Savol: Qo‘y yoki echkini qurbonlik qilish afzalmi, yo‘qsa, tuya yoki qoramolning yettidan bir hissasiga sherikchilik qilganmi?

Javob: Go‘sht va qiymatda teng bo‘lgan taqdirda qo‘y yoki echki qurbonlik qilish, tuya yoki qoramolning yettidan bir hissasiga sherikchilik qilishdan afzalroq.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:08:23

Qurbonlikning ruknlari

Savol: Qurbonlikning ruknlari qaysilar?

Javob: Qurbonlikning faqat bir rukni bor, u ham bo‘lsa, qurbonlik qilinishi joiz bo‘lgan hayvonlardan birini so‘yishdir. Hayvonni so‘ymasdan tirik yoki evazini (haqini) kambag‘alga berish bilan qurbonlik mas’uliyatidan qutilmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:09:06

Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari

Savol: Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari qaysilar?

Javob: Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari shulardir:
1. Qurbonlik qilinadigan hayvonning qusursiz bo‘lishi.
2.   Vaqtida so‘yilgan bo‘lishi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:09:40

Qurbonlikka to‘siq bo‘lgan kamchiliklar

Savol: Bir hayvonning (jonliqning) qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan qusurlar qaysilardir?

Javob: Bir hayvonning qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan kamchiliklarning asosiylari shulardir:
1.   Kasalligi aniq oshkor bo‘lsa;
2.   Suyaklari mag‘zida ilik qolmaydigan darajada ozg‘in bo‘lsa;
3.   Ikki yoki bir ko‘zi ko‘r bo‘lsa;
4.   Oqsayotgan oyog‘ini yerga bosib, qurbonlik qilinadigan joyga borolmaydigan darajada cho‘loq bo‘lsa;
5.   Tishlarini ko‘pi to‘kilgan bo‘lsa;
6.   Qulog‘ining yoki dumining yarmidan ko‘pi uzilgan yoki kesilgan bo‘lsa;
7.   Shoxlaridan biri yoki ikkisi tomiri bilan kesilgan bo‘lsa;
8.   Qo‘yning bir, qoramolning ikki yelinininguchi uzilgan bo‘lsa;
9.   Dumi yoki qulog‘i tug‘ilgan paytidanoq bo‘lmagan bo‘lsa;
10.   Burni kesilgan bo‘lsa;
11.   Faqat axlat yegan bo‘lsa;
12.   Tilining ko‘p qismi kesilgan bo‘lsa.

Lekin qurbonlik hayvonining g‘ilay, qo‘tir yoki jinni bo‘lishida, quloqlarining teshilgan yoki yorilgan yoki uchidan kesilib osilib yotgan holatda bo‘lishida, jinsiy olatlarining yo‘qligida yoki bichilgan holda bo‘lganligida zarar yo‘qdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:10:15

Savol: Qurbonlik qilishga to‘siq bo‘lgan qusurlar nima bilan belgilangan?

Javob: Bu qusurlardan to‘rttasi (aniq kasallik, ozg‘inlik, ko‘rlik va cho‘loqlik) hadis bilan belgilangan. Mazkur qusurlar darajasida yoki ulardan badtarroq bo‘lgan boshqa qusurlar yuqoridagi qusurlarga qiyos qilingan va mujtahidlar tomonidan qo‘shilgandir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:10:25

Savol: Boy kishining sotib olgan qurbonligida belgilangan qusurlardan biri keyinroq paydo bo‘lsa, o‘rniga boshqasini olib so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, bu holatda boy kishi avvalgisining o‘rniga boshqasini olib so‘yishi kerak.

Qayd etilgan