Qurbonlikka to‘siq bo‘lgan kamchiliklar
Savol: Bir hayvonning (jonliqning) qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan qusurlar qaysilardir?
Javob: Bir hayvonning qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan kamchiliklarning asosiylari shulardir:
1. Kasalligi aniq oshkor bo‘lsa;
2. Suyaklari mag‘zida ilik qolmaydigan darajada ozg‘in bo‘lsa;
3. Ikki yoki bir ko‘zi ko‘r bo‘lsa;
4. Oqsayotgan oyog‘ini yerga bosib, qurbonlik qilinadigan joyga borolmaydigan darajada cho‘loq bo‘lsa;
5. Tishlarini ko‘pi to‘kilgan bo‘lsa;
6. Qulog‘ining yoki dumining yarmidan ko‘pi uzilgan yoki kesilgan bo‘lsa;
7. Shoxlaridan biri yoki ikkisi tomiri bilan kesilgan bo‘lsa;
8. Qo‘yning bir, qoramolning ikki yelinininguchi uzilgan bo‘lsa;
9. Dumi yoki qulog‘i tug‘ilgan paytidanoq bo‘lmagan bo‘lsa;
10. Burni kesilgan bo‘lsa;
11. Faqat axlat yegan bo‘lsa;
12. Tilining ko‘p qismi kesilgan bo‘lsa.
Lekin qurbonlik hayvonining g‘ilay, qo‘tir yoki jinni bo‘lishida, quloqlarining teshilgan yoki yorilgan yoki uchidan kesilib osilib yotgan holatda bo‘lishida, jinsiy olatlarining yo‘qligida yoki bichilgan holda bo‘lganligida zarar yo‘qdir.