Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 108547 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:12:49

Savol: Qurbonlik hayvoni so‘yilishidan oldin tug‘sa, bolasini ham so‘yish kerakmi?

Javob: Ha, bu holda bolasini ham so‘yish kerak. Chunki bolasi onasiga bog‘liqdir. Agar bolasi so‘yilmasdan sotilsa, pulini sadaqa qilish kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:13:05

QURBONLIK QILISHNING VAQTI

Savol: Qurbonlik qachon qilinadi?

Javob: Qurbonlik qilishning vaqti, Qurbon hayitning birinchi kuni tong boshlanishi bilan boshlanadi va uchinchi kuni quyosh botishigacha davom etadi. Lekin hayitning birinchi kuni so‘yilishi afzalroq. Shaharda va hayit namozi o‘qiladigan joylarda qurbonlikni hayit namozidan keyin so‘yish shartdir. Biroq Hayit namozi o‘qilmaydigan joylarda hayit kuni tong ota boshlashi bilan so‘yilishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:13:20

Savol: Birinchi kun zavol vaqti kirishdan oldin hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, qurbonlik qilish joizmi?

Javob: Hayitning birinchi kuni zavol vaqti kirmasidan oldin hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, zavoldan oldin qurbonlik qilish joiz emas. Faqat hayitning birinchi kuni zavol vaqtigacha hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, zavol vaqtidan keyin qurbonlik qilish joiz bo‘ladi. Agar Hayit namozining o‘qilishi ikkinchi yoki uchinchi kunga qoldirilgan bo‘lsa, bu kunlarda qurbonlik zavol vaqtidan oldin ham, keyin ham so‘yilishi mumkin. Hayit namozining o‘qilishini kutish kerakmas. Chunki hayit namozi bilan qurbonlik so‘yishning orasidagi tartib, adoida shart bo‘lib, qazoida shart emas. Bizga ma’lumki hayit namozining vaqti quyosh bir yoki ikki nayza yuqoriga ko‘tarilishidan zavol vaqtigacha bo‘lgan vaqtdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:13:32

Savol: Qurbonlik so‘yilgandan keyin u kunni hayit emas arafaligi ma’lum bo‘lsa, qilingan qurbonlik qurbonlikka o‘tadimi?

Javob: Ha, qurbonlik so‘yilgandan keyin u kunning hayit emas arafaligi ma’lum bo‘lsa, qilingan qurbonlik qurbonlikka o‘tadi. Chunki bu xil xatolardan har doim saqlanmoq mumkin emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:13:41

Savol: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun vaqtning qaysi jihatiga e’tibor qilinadi?

Javob: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun vaqtning oxiriga e’tibor qilinadi. Ya’ni Qurbon hayitning uchinchi kuni quyosh botishidan oldin boy bo‘lgan odam qurbonlik so‘yishi kerak. Aksincha, o‘sha kuni quyosh botishidan oldin kambag‘al bo‘lgan yoki o‘lgan odamdan qurbonlik majburiyati ketadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:13:54

Savol: Boy bo‘lgan bir odam qurbonlik so‘ymay, hayit kunlari o‘tgach kambag‘al bo‘lib qolsa, qurbonlik majburiyati ketadimi?

Javob: Yo‘q, bu holda kishining qurbonlik majburiyati ketmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:14:05

Savol: Muqimlik va musofirlik uchun ham vaqtning oxiriga e’tibor qilinadimi?

Javob: Ha, muqimlik va musofirlik uchun ham vaqtning oxiriga e’tibor qilinadi. Ya’ni Qurbon Hayitining uchinchi kuni quyosh botishidan oldin muqim bo‘lgan odam qurbonlik qilishi kerak. Aksincha, o‘sha kuni quyosh botishidan oldin musofir bo‘lgan kishidan qurbonlik majburiyati ketadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:14:17

Savol: Kambag‘al bir odam qurbonlik qilgandan keyin qurbonlik qilinadigan kunlarda boy bo‘lsa yana qurbonlik qilishi kerakmi?

Javob: Ha, bu holda sahih qarashlarga ko‘ra yana qurbonlik qilishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:14:30

Vaqtida so‘yilmagan qurbonlik

Savol: Boy bir odam qaysidir bir sabab bilan hayit kunlari qurbonlik qilmagan bo‘lsa, nima qilishi kerak?

Javob: Bu holda bir qurbonlik qo‘yining qiymatini kambag‘allarga sadaqa qilishi kerak. Keyingi yillarga qoldirilmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:14:40

Savol: Bir kishi Qurbon hayitida so‘yish niyati bilan olgan hayvonini so‘ymasa, qurbonlik kunlari o‘tib ketsa nima qiladi?

Javob: Boy kishi bo‘lsa, xohlasa o‘zini, (ya’ni o‘sha hayvonni), xohlasa qiymatini beradi, kambag‘al bo‘lsa, o‘zini sadaqa qiladi.

Qayd etilgan