Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 108310 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:14:52

Savol: Bir odam hayit kunlarida so‘yish uchun atab olgan bir hayvonini hayit kunlarida so‘ymasa nima qilishi kerak?

Javob: Bu holda boy kishi bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham u hayvonni kambag‘allarga sadaqa qilishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:15:06

QURBONLIKNING SO’YILISHI

Savol: Qurbonlik qanday so‘yiladi?

Javob: Qurbonlik qiblaga qarab yotqiziladi, keyin duo niyati bilan: «Mening namozim, ibodatlarim, yashashim va o‘limim olamlarning Rabbisi bo‘lgan Alloh uchundir. Uning sherigi yo‘qdir». (An’om surasi, 162-163-oyatlar), oyati karimasi o‘qilgandan keyin «Bismillahi Allohu akbar» deb so‘yiladi. Qo‘lidan kelsa qurbonlikni o‘zi so‘yishi kerak, kelmasa, munosib ko‘rgan bir musulmonga vakolat bilan so‘ydirish mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:15:22

Qurbonlikning go‘shti

Savol: Qurbonlikning go‘shti qanday taqsimlanadi?

Javob: Qurbonlik go‘shtining hammasini kambag‘alga sadaqa qilib berish yoki o‘zi va bolalari uchun olib qolish joiz bo‘lsada, maqbul bo‘lgani qurbonlik go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini faqirlarga sadaqa qilib tarqatmoq, bir qismini boy bo‘lsa ham qo‘shnisi va yaqinlariga ikrom qilmoq, bir qismini ro‘zg‘ori uchun ayirmoqdir . Agar qurbonlik qiluvchi bolajon, serfarzand va moddiy ahvoli ham o‘rtacha bo‘lsa, go‘shtning hammasini ularning yeyishi uchun olib qolishi mustahabdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:15:37

Savol: Qurbonlik go‘shtining musulmon bo‘lmaganga berilishi joizmi?

Javob: Ha, zimmiy bo‘lsa ham, harbiy bo‘lsa ham musulmon bo‘lmaganga ehson qilib berilishi joizdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:15:51

Savol: Qurbonlik go‘shtining ko‘chirilishi joizmi?

Javob: Qurbonlikning so‘yilgan joyidan boshqa bir joyga ko‘chirilishi tanzihan makruhdir. Lekin kishining qarindoshlariga yoki yanada muxtojroq bo‘lganlarga yuborishida zarar yo‘qdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:16:13

Yeyish mumkin bo‘lmagan qismlar

Savol: So‘yilgan hayvonni yeyilishi mumkin bo‘lmagan qismlari qaysilar?

Javob: Qurbonlik bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham so‘yilgan hayvonning yeyilishi mumkin bo‘lmagan qismlari shulardir:
1.   Oqqan qoni;
2.   Erkaklik jinsiy olati (zakari);
3.   Urg‘ochilik jinsiy a’zosi;
4.   Tuxumlari;
5.   Siydik xaltasi;
6.   G’uddasi;
7.   O’t pufagi .

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:16:27

Sherikchilik bilan qilingan qurbonlik go‘shtining taqsimi

Savol: Sherikchilik bilan qilingan qurbonlik go‘shti qanday taqsimlanadi?

Javob: Tuya yoki qoramol kabi hayvonlar sherikchilik bilan so‘yilganda, go‘shti sheriklar orasida tortilib, teng bir shaklda taqsimlanishi kerak. Chamalab (taxminan) taqsimlash joiz emas. Chunki bu jinsning jins bilan o‘zgarishi hukmida bo‘lgani uchun ortiqchasi foiz bo‘ladi. Lekin bosh, teri va oyoqlaridan bir narsalar go‘shtga qo‘shilsa jinsning jins xilofiga o‘zgargani uchun chamalab taqsimlash joiz bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:16:36

Savol: Bir oila a’zolari uchun so‘yilgan sherikchilik qurbonligining go‘shtini taqsimi kerakmi?

Javob: Yo‘q, bir oila a’zolari uchun so‘yilgan sherikchilik qurbonligining go‘shtini taqsimlash kerak emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:16:47

Savol: Kambag‘al bir odam qurbonlik niyati bilan sotib olib so‘ygan hayvonining go‘shtini yeyishi mumkinmi?

Javob: Bu masalada ikki nuqtai nazar bor. Bir qarashga ko‘ra yeyishi mumkin emas. Chunki unga qurbonlik vojib bo‘lmagani holda, bunday qurbonlik olib so‘yishi nazr hukmidadir. Boshqa bir qarashga ko‘ra nazr haqida so‘z yuritilmagani uchun faqat qurbonlik niyati bilan sotib olingan jonliq nazrga utmasligi uchun yeiishida bir zarar io‘qdir. Fatvo shu nuqtai nazarga ko‘radir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:17:01

Qurbonlik terisi

Savol: Qurbonlikning terisi nima qilinadi?

Javob: Kishi o‘z qurbonligining terisini ishlatishi yoki o‘zi foydalanadigan bir narsa bilan almashtirishi joiz bo‘lsa ham, maqbul bo‘lgani uni bir yo‘qsilga (kambag‘alga) sadaqa qilib berishdir. Qurbonlikning terisini sotish joiz bo‘lmagani kabi uni qassob haqqi qilib berish ham joiz emasdir.

Qayd etilgan