Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155440 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:24:42

O’zgacha qurbonlik turlari

Savol: Qurbon hayiti kunlarida so‘yiladigan qurbonlikdan tashqari yana qanday qurbonlik turlari bor?

Javob: Qurbon hayiti kunlarida so‘yiladigan qurbonlikdan tashqari nazr, shukr, o‘lik (marhum nomidan), aqiqa va hady (haj asnosida so‘yiladigan) qurbonlik turlari ham bor.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:24:57

Nazr qurbonligi

Savol: Nazr qurbonligi (atalgan qurbonlik) nimadir?

Javob: Nazr qurbonligi, biror ahdu paymon natijasida so‘yiladigan qurbonlik. Masalan, bir kishi «Shu ishim bitsa, Alloh rizosi uchun bir qurbonlik so‘yaman» desa, ishi bitgan vaqtda bir qurbonlik so‘yishi vojib bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:25:07

Savol: Nazr qurbonligi qachon so‘yiladi?

Javob: Nazr qurbonligi har doim so‘yilishi mumkin. Jonliq hayit kunlarida so‘yilishi shart emas. Biroq kishining istagi amalga oshgandan keyin qurbonlik so‘yishni iloji boricha kechiktirmaslik kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:25:17

Savol: Kishi nazr qilgan qurbonligining go‘shtidan yeyishi mumkinmi?

Javob: Kishi nazr qilgan qurbonligining go‘shtidan yeya olmagani kabi ayoli, onasi, otasi, buvisi, buvasi, bolasi va nevaralari ham yeya olmaydi. Uning hammasi kambag‘allarga sadaqa qilinishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:25:49

Savol: Nazr qurbonligining durust bo‘lishi uchun kerakli shartlar qaysilar?

Javob: Nazr qurbonligining durust bo‘lishi uchun asosiy shartlari shulardir:
1.   Nazr qurbonligining turi qurbonlik bo‘la oladigan hayvonlardan bo‘lishi kerak. Bir odam «xo‘roz yoki tovuqni qurbonlik qilaman», desa bu durust bo‘lmaydi, chunki xo‘roz va tovuq qurbonlik bo‘la oladigan hayvon turidan emas. Lekin bir tovuq yoki xo‘roz go‘shtini sadaqa qilishni nazr qilishi mumkin. Bu holda nazrning turi so‘yilishidan sadaqaga aylanadi.

2.   Nazr (atalgan) qurbonlik nazr qiluvchining molidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Nazr qiluvchining qurbonlik qila oladigan darajada moli yoki oladigan imkoniyati bo‘lmasa, qilgan nazr qurbonligi maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.

3.   Qurbonlik faqat Alloh rizosi uchun atalgan bo‘lishi kerak. Masalan, bir kimsa «kasalim yaxshilansa falon maqbaraga qurbonlik qilaman» desa, bu qurbonlik durust bo‘lmaydi. Chunki bu turdagi qurbonlik Alloh rizosi uchun nazr qilingan qurbonlik hisoblanmaydi.

4. Nazr qilingan qurbonlik zotan o‘ziga vojib bo‘lgan qurbonlik bo‘lmasligi kerak. Masalan, boy bir kimsaning o‘ziga vojib bo‘lgan qurbonlikni nazr qilgani kabi .

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:26:08

Nazr qilingan qurbonlik bilan bog‘liq turli masalalar

Savol: Belgilangan bir kunda so‘yilishi nazr qilingan qurbonlik, o‘sha kunda so‘yilishi kerakmi?

Javob: Muvofiq bo‘lgani, qurbonlikni belgilangan kunda so‘yilishidir. So‘yilmagan taqdirda, boshqa bir kun qazo qilinishida xavf yo‘q.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:26:20

Savol: Shartga bog‘liq holda qurbonlik qilishni nazr qilgan kishi, u shartning yuzaga chiqishidan oldin qurbonlik so‘yishi mumkinmi?

Javob: Shartga bog‘liq holda qurbonlik qilishni nazr qilgan kishi, u shart bajarilmasidan avval qurbonlik so‘ya olmaydi. Agar so‘ysa, shart bajarilganidan keyin yana so‘yishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:26:29

Savol: Bir kimsa mavjud bo‘lishini xohlamagan bir ish uchun qurbonlik qilishni nazr qilsa va xohlamagan ishi amalga oshsa, qurbonlik so‘yishi kerakmi?

Javob: Bu holatda qurbonlikni nazr qilgan kishi xohlasa qurbonlikni so‘yadi, xohlasa, kafforatini beradi. Masalan, bir kimsaning «yolg‘on gapirsam qurbonlik so‘yaman», deyishi kabi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:26:39

Savol: Nazr qilingan qurbonlik so‘yilgandan keyin butunlay talaf (yo‘q) bo‘lsa, qurbonlik majburiyati ketadimi?

Javob: Ha, bu holda qurbonlik majburiyati ketadi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:26:50

Savol: Bir kimsa o‘nta qurbonlik nazr qilsa hammasini so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra hammasini so‘yishi kerak. Ba’zi olimlarga ko‘ra bu holda ikkita qurbonlik so‘yishi yetarlidir.

Qayd etilgan