Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 108311 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:27:38

Savol: Nazr qilingan qurbonlik go‘shtini zimmiyga berishi joizmi?

Javob: Yo‘q, nazr qilingan qurbonlik go‘shtini sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra zimmiyga berish joiz emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:27:49

Savol: Nazr qilingan qurbonlikning terisi nima qilinadi?

Javob: Nazr qilingan qurbonlikning terisi ham go‘shti kabi faqirlarga beriladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:27:58

Savol: Bir kimsa «Alloh uchun bolamni qurbonlik qilaman», desa nima qilishi kerak?

Javob: Imomi A’zam va Imomi Muhammadga ko‘ra bu holda u kimsa bir qo‘y yoki echki so‘yishi kerak. Abu Yusufga ko‘ra hech narsa lozim emas.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:28:07

Savol: Bir kimsa o‘zi va oila a’zolarining yeyishi sharti bilan qurbonlik nazr qilsa, nazr qilgan qurbonlikdan yeyishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, bir kimsa bunday shart bilan qurbonlik nazr qilgan bo‘lsa ham o‘zi va oila a’zolari nazr qilingan qurbonlikdan yeyishi joiz emas. Lekin nazr qilingan qurbonlikni so‘yishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:28:19

Savol: Kishi qiymatini faqirlarga berish sharti bilan atalgan qurbonlikdan bir miqdorini o‘z bolalariga yedirishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, qiymatini faqirlarga bersa ham nazr qilingan qurbonlikdan bolalariga yedira olmaydi. Agar joiz bo‘lmasa ham yedirgan bo‘lsa, yedirgan qiymatini faqirlarga berishi kerak.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:28:36

Shukr qurbonligi

Savol: Shukr qurbonligi deb nimaga aytiladi?

Javob: Shukr qurbonligi deb bir ne’matga shukrona sifatida so‘yilgan qurbonlikka aytiladi. Masalan, bir kishi uy yoki mashina kabi bir molga sohib bo‘lganida so‘ygan qurbonligidir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:28:49

Savol: Qurbonlikdan egasi ham yeyishi mumkinmi?

Javob: Ha, shukr qurbonligidan egasi va oila a’zolarining yeyishi mumkin. Shuningdek, faqir bo‘lsin, boy bo‘lsin, xohlagan kishiga tarqatishi mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:29:01

O’lik (marhum nomidan) qurbonlik

Savol: O’lik qurbonligi deb nimaga aytiladi?

Javob: Savobini o‘lgan bir kimsaning ruhiga bag‘ishlash uchun so‘yilgan qurbonlikka aytiladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:29:21

Savol: O’lik qurbonligi necha qismga bo‘linadi?

Javob: O’lik qurbonligi ikki qismga bo‘linadi:

1   - vasiyatga binoan so‘yilgan: bir kimsaning tirikligida qilgan vasiyatiga binoan o‘lganidan keyin vorislari tomonidan molining uchdan biri asosida so‘yilgan qurbonlikdir. Qurbon hayiti kunlarida so‘yilishi kerak bo‘lgan bu qurbonlik go‘shtidan o‘lganlarning vorislari va boylar yeyishlari mumkin emas. Uning hammasi yo‘qsillarga tarqatilishi kerak.

2   - vasiyati bo‘lmasdan so‘yilgan: o‘lgan kishi vasiyat qilmagan bo‘lsa, merosxo‘rlari uning nomiga (ya’ni savobini unga atab) qurbonlik so‘yishlari shart emas. Biroq bir kimsa savobini o‘lgan onasiga, dadasiga yoki boshqa yaqinlariga bag‘ishlash uchun faqirlarga sadaqa bergani kabi, qurbonlik ham so‘yishi mumkin. Har qanday vaqtda so‘yilishi joiz bo‘lsa ham Qurbon hayiti kunlarida so‘yilishi afzal va savobliroq bo‘lgan bu qurbonlik go‘shtini faqirlarga sadaqa qilish mumkin. Shuningdek, undan egasi, oila a’zolari va boylar ham yeyishlari mumkin.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:29:36

Aqiqa qurbonligi

Savol: Aqiqa deb nimaga aytiladi?

Javob: Aqiqa, lug‘atda yangi tug‘ilgan chaqaloq boshidagi tukka, istilohda esa yangi tug‘ilgan o‘g‘il yoki qiz bola uchun Buyuk Allohga shukr qilish uchun so‘yilgan qurbonlikka aytiladi.

Qayd etilgan