Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 155359 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:35:48

Savol: Bo‘yinda qanday tomirlar bor?

Javob: Bo‘yinda ovqat quvuri, havo quvuri va ikki shohtomir bo‘lib, to‘rt tomir bor.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:36:16

Savol: Bulardan kamida nechtasini kesish kerak?

Javob: Imomi A’zamga ko‘ra kamida uchtasini (ovqat va havo quvurlari bilan shoh tomirlardan birini yoki ikki shohtomir bilan havo yoki ovqat quvurlaridan birini) kesish kerak. Abu Yusufga ko‘ra ovqat quvuri bilan havo quvurini va shohtomirlardan birining kesilishi shartdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:36:27

Savol: So‘yishda musulmon uchun «Bismilloh»ni aytish va tomirlarni kesish shart bo‘lganidek kitob ahli uchun ham shartmi?

Javob: Ha, so‘yishda «Bismilloh»ni aytish va tomirlarni kesish musulmon uchun shart bo‘lgani kabi kitob ahli uchun ham shart.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:36:45

Savol: So‘yilgan bir hayvonnig qornidan chiqqan bolasi yeyiladimi?

Javob: Imomi A’zamga ko‘ra so‘yilgan hayvonning qornidan chiqqan bolasining go‘shti yeyilmaydi. Chunki onasining so‘yilishi bolasining so‘yilishi hukmiga o‘tmaydi. Biroq Abu Yusuf va Imomi Muhammadga ko‘ra bolasining a’zolari paydo bo‘lgan bo‘lsa, so‘yilgan onasi qatori uning ham go‘shti yeyiladi. Chunki bola onasining bir parchasi hukmidadir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:36:55

Savol: Junub va hayz ko‘rganning qurbonlik so‘yishi joizmi?

Javob: Ha, junub va hayz ko‘rganning qurbonlik so‘yishi joizdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:37:07

Savol: Bolaning qurbonlik so‘yishi joizmi?

Javob: «Bismilloh» aytishning kerakligini tushunish va lozim shartlarni bajarish bilan bolaning qurbonlik so‘yishi joizdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:37:16

Savol: So‘yishda kekirdak suyagining bosh qismida qolishining hukmi nima?

Javob: Kekirdak suyagining bosh qismida qolishi sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra sunnatdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:37:24

Savol: So‘yilgan hayvondan qon oqishi yoki hayvonning harakat qilishi kerakmi?

Javob: So‘yilgan hayvonning tirik ekani bilinmasa qonning oqishi yoki hayvonning harakat qilishi shart emas. Biroq hayvonning tirik ekani bilinsa bu holda qonning oqishi, hayvonning harakat qilishi keraklidir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:37:41

So‘yishdagi mustahablar

Savol: So‘yishdagi mustahablar qaysilar?

Javob: So‘yishdagi mustahablarning asosiylari shulardir:
1.   Kunduz kuni so‘yilishi;
2.   So‘yayotgan qassobning qiblaga yuzlanishi;
3.   So‘yilayotgan hayvonning qiblaga qaratilishi;
4.   Pichoqning o‘tkir bo‘lishi;
5.   Hayvonga yumshoqlik bilan muomala qilinishi;
6.   Qo‘y, echki va qoramolning chap yoniga yotqizilishi, tuyaning o‘ng tizzasi bog‘lanib oyoqda so‘yilishi;
7.   Hayvonning ensasidan emas, tomoq tarafdan so‘yilishi;
8.   Tomirlarining butunlay kesilishi;
9.   Tomirlarining tez kesilishi;
10.   Qo‘y, echki va qoramolning jag‘ tagidan, tuyaning bo‘ynidan so‘yilishi;
11.   Pichoqning bo‘yindagi qovurg‘a iligiga qadar kesib bormasligi;
12.   Kekirdak suyagining hayvonning bosh tarafida qolishi;
13.   Hayvonning joni to‘liq chiqqanidan keyin terisining shilinishi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:38:18

So‘yishdagi makruhlar

Savol: So‘yishdagi makruhlar qaysilar?

Javob: So‘yishdagi makruhlarning asosiylari shulardir:
1.   Kechqurun so‘yilishi;
2.   Oyoqlaridan sudralib so‘yiladigan joyga olib kelinishi;
3.   Qassobning qibladan boshqa bir tarafga qarab so‘yishi;
4.   So‘yilayotgan hayvonning qibladan boshqa bir tarafga qaratilishi;
5.   Hayvonga yumshoq muomala qilishga sa’y-harakat qilinmasligi;
6.   Butunlay tomirlarning kesilmasligi;
7.   Tomirlarning sekin kesilishi;
8.   O’tmas pichoq ishlatilishi;
9.   Kekirdak suyagining gavda qismida qolishi;
10.   Hayvonning ko‘zi oldida pichoqning qayralishi;
11.   Pichoqni bo‘yindagi qovurg‘a iligiga yetkazilishi;
12.   Hayvon hali o‘lim talvasasidayoq shilishni boshlanishi;
13.   Hayvonning ensasidan so‘yilishi.

Qayd etilgan