Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi  ( 108471 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 B


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:38:51

HAYITNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI

Savol: Bayram (hayit) nimadir?

Javob: Bayram xursandchilik va sevinch kuni degani.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:39:02

Savol: Bayramning jamiyat hayotidagi o‘rni qanday?

Javob: Bayramning jamiyat hayotida afzal jihatlari bor. Zero, bayramlar musulmonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, birodarlik tuyg‘ularini oshiradigan, xafachiliklarni yo‘qotadigan muhim kunlardir. Jamoat holatida o‘qiladigan bayram namozlari birlik va barobarlikning eng go‘zal namunasidir. Bayram kunlarida ota-onamizni ziyorat qilib, qo‘llarini o‘pib, xayrli duolarini olishimiz kerak. Qarindosh, do‘st va qo‘shnilarimiz bilan bayramlashish va tabriklashish orqali aloqalarimizni kuchaytirishimiz lozim. Uchraganga salom berib, bayram bilan tabriklashimiz, kasallarni ziyorat qilib, shifo tilashimiz kerak. Atrofimizdagi faqirlarga, yetim-esirlarga yordam qo‘limizni cho‘zib, ularga bayram sevinchini sezdirishimiz kerak. O’liklarimiz uchun duo qilib, Qur’on o‘qishimiz kerak. Bolalarga sovg‘alar berib, ularni xursand qilishimiz kerak. Bularning barchasi jamiyatda o‘zaro sevgi va hurmat, yordamlashish va birdamlikni hosil qiluvchi go‘zal harakatlardir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:39:16

Tashriq takbirlari

Savol: Tashriq takbirlari qachon kerak bo‘ladi?

Javob: Tashriq takbirlari Qurbon hayitning Arafa kuni bomdod namozidan e’tiboran boshlanib bayramning to‘rtinchi kuni asr namozigacha davom etadi. Jami yigirma uch (23) vaqt bo‘lgan farz namozlaridan keyin: (Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd) deb takbir aytiladi. Bunga «Tashriq takbirlari» deyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:39:31

Savol: Tashriq takbirlarining hukmi nima?

Javob: Tashriq takbirlarining aytilishi vojib.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:39:40

Savol: Tashriq takbirlari kimga vojib?

Javob: Farz namozini o‘qishga majbur bo‘lgan har bir kishiga tashriq takbirlarini aytish vojib. Bu xususda yolg‘iz namoz o‘quvchi va imomga ergashuvchi musofir va muqim, erkak bilan xotin orasida farq yo‘q.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:39:52

Savol: Bu yigirma uch vaqtdan qazo bo‘lgan namozlarning ham orqasidan tashriq takbirlari aytiladimi?

Javob: Ha, bu yigirma uch vaqt namozdan qay biri qazo bo‘lib, tashriq kunlari qazosi o‘qilsa orqasidan tashriq takbirlari aytiladi. Keyinroq (bir necha kun yo yillar o‘tib) qazosi o‘qilsa, tashriq takbirlari aytilmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:40:05

Hayit namozi

Savol: Hayit namozi qachondan beri o‘qiladi?

Javob: Hayit namozi hijratning ikkinchi yilidan o‘qila boshlangan. Shar’iyligi kitob, sunnat va ijmo’ bilan sobitdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:40:14

Savol: Hayit namozining hukmi nimadir?

Javob: Hayit namozining hukmi vojibdir.

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:40:24

Savol: Hayit namozining vojib bo‘lganligining dalili nima?

Javob: «Namoz o‘qi va qurbonlik qil» ma’noli oyati karima va Payg‘ambarimiz sallallohu alyhi vasallamning doimiy o‘qib va o‘qittirganliklari hayit namozining vojib bo‘lishining dalilidir.
 

Qayd etilgan


Laylo  02 Noyabr 2007, 07:40:32

Savol: Hayit namozi kimlarga vojibdir?

Javob: Hayit namozi juma farz bo‘lgan har bir kishiga vojibdir.

Qayd etilgan