***
Bir yor topsak edik jondan kechgulik,
Eng go’zal, jng oppoq tongdan kechgulik.
To’rtta tomoningni qibla etsa ham,
"œBor-ey" deb shu to’rtta yondan kechgulik,
Bir yor topsak edik jondan kechgulik.
Arzisa ko’zingda yoshlaringgacha,
Sig’insa ko’ksingda toshlaringgacha,
Ko’zlaring ming nafrat hadya etsa ham,
Sevolsa kiprigu qoshlaringgacha,
Bir yor topsak edik jondan kechgulik.
Kuydirib, kuyib ham kulsa o’zingga,
Titramay titroqlar solsa tizingga,
O‘zidan o’zganing vaslin ko’rsatmay,
Ikkita pichoq sanchib ketsa ko’zingga,
Bir yor topsak edik jondan kechgulik.
Bir umr ishqiga jonni qorgudek,
Zarra hijroni ham yurak yorgudek,
"œKel" desa yetmishta tomiring o’zib,
Xayoldan ham oldin o’zing borgudek,
Bir yor topsak edik jondan kechgulik.
"œBor-ey" deb shu to’rtta yondan kechgulik.