G'arb Rasulullov (SAV) haqlarida  ( 21627 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:16:14

G‘ARB RASULULLOH (S. A. V.) HAQIDA

"œMen dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammadning (alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Hazrati Muhammad so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi".
GYOTE,
nemis shoiri

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:16:44

"œHazrati Muhammadning (alayhissalom) odam bolasi bo‘lgani butun insoniyatga faxrdir. Chunki u zot umumiy bo‘lsa-da, o‘n to‘rt asr avval shunday qonun va asoslarni keltirdiki, biz ovrupaliklar ikki ming sanadan keyin ularning qiymati va haqiqatini anglab yetsak, eng mas’ud, eng saodatli nasllar bo‘lamiz".
SHEBOL,
faylasuf

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:17:04

"œAgar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo‘lsa-da, ko‘p ish qilganiga qarab baholanadigan bo‘lsa, Muhammad (alayhissalom) insonlarning eng buyugidir. Payg‘ambar, notiq, da’vatchi, qonunshunos, jangchi, qalblarning himoyachisi, g‘oyalar targ‘ibotchisi, imom, davlat arbobi, yer yuzining yigirma mintaqasida islomiiy saltanat qura olgan... Muhammad (alayhissalom) ana shunday zot edi!  Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki u o‘lchovlarga sig‘sa?!"
LAMARTIN,
frantsuz olimi

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:17:34

 "œU bir paytnign o‘zida ham Papa, ham Sezar edi. Ammo Papa bo‘lib, unda Papaning iddaolari yo‘q edi. Sezar bo‘lib, unda Sezarning behisob lashkari ham yo‘q edi. Agar biron bir shaxs muntazam qo‘shinsiz, tansoqchilarsiz, saroylarsiz, davlat daromadi (soliqlarsiz), men Uning izni-ixtiyori bilan boshqardim, deya olsa, unda u Muhammaddir (alayhisssalom). Chunki uning qo‘lida hech qanday boshqaruv vositalarisiz va asoslarisiz hokimiyat bor edi".
Annay BEZANT,
hind olimi

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:17:57

"œHazrati Muhammad (alayhissalom) haqida gapirganlarimiz bir nuqtada to‘planadi. U ham bo‘lsa, bu zotning xulq-atvori yuksakligi, axloqining pokizaligidir. Bular shundayin ulug‘ fazilatlarki, u zamondagi makkaliklar orasida juda nodir edi".
Vilyam MUIR,
Ovrupa sharqshunos olimi

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:18:23

 "œAlloh taoloning birligi va borligini Muso (alayhissalom) millatiga, Iso (alayhissalom) ummatiga, Muhammad (alayhissalom) butun insoniyatga bildirdi".
NAPOLEON,
Frantsiya imperatori

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:18:52

 "œMashhur payg‘ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning (alayhissalom) tarixidek eng ko‘p va barcha nuqtalarda batafsil o‘rganilgan shaxs yo‘q".
Jon DEVENPORT,
ingliz olimi

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:19:13

 "œDunyodagi ta’siri eng kuchli shaxslar ro‘yxatining boshiga Muhammadni (alayhissalom) yozib qo‘ysam, ehtimol ayrim muxlislarim taajjubga tushishar? Boshqalar buni ehtimol boshqacha tushunishar? Nima bo‘lganida ham, u dunyoviy va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu mo‘’tabar maqomga munosibdir".
Mishel XART,
Amerika tarixchisi

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:19:33

 "œMuhammad (alayhissalom) targ‘ib qilgan g‘oyalarning jozibasi uning izdoshlarini Payg‘ambar shaxsiyati sari tortaveradi. Zero, u odamlarni aql-idrok va din bilan boshqargan edi".
Edvard GIBBON,
ingliz olimi

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyun 2006, 11:20:07

 "œMuhammadning (alayhissalom) zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalolatdir. Bunday maqom-martabaga erishgan boshqa shaxs G‘arbda ma’lum emas. Uni sehrgarlikda ayblash maqsadiga erisholmay, noiloj qolgan odamning chiranishidir".
Vilyam MONTGOMERI,
Oksford universiteti professori

"Hidoyat" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan