Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari  ( 268747 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 19 B


Robiya  07 Aprel 2008, 15:43:53

14.3. Yuklama haqida ma’lumot.

Mustaqil so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklama deyiladi. Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1.So’z yuklamalar: faqat, ham, axir, hatto.
2.Qo’shimcha yuklamalar: -ku, -mi, -a, -gina.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 15:45:39

14.3.1. Yuklamalarning ma’no jihatidan turlari.

1.So’roq va taajjub yuklamalari: - mi so’roq va taajjubdan tashqari modal ma’noni ham bildiradi, bunda u noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko’chadami, uning uchun farqi yo’q edi. — chi so’roqdan tashqari buyruq, do’q, iltimos, qistash, ta’kid, uqtirish ma’nolarini ham bildiradi: Qani, yur-chi! Kitobingni berib tur-chi. — a, - ya yuklamalari ham so’roq va taajjubdan tashqari his-hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi: Qanday chiroyli-ya! Go’sht olibdi — jiqqa yog’-a.

2.Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, axir, hatto (ki), oq (-yoq), - ki (-kim) yuklamalari kuchaytirish va ta’kid ma’nolarini anglatsa, tim (qora), liq (to’la), lim (to’la), g’irt (yolg’on), qip- (shir-, qip-yalang’och), g’arq (pishgan), jiqqa (ho’l) yuklamalari nutqqa tasviriylik berib, so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

3.Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u (-yu);

4.Ayiruv yuklamalari: faqat, ham, -gina (-kina, -qina), xolos. Ham yuklamasi ba’zan bog’lovchi o’rnida ham qo’llanadi: Zarur daftar ham kitoblarni hozirlab qo’ying. Bu so’z takrorlanib kelganda, fonetik o’zgarishga uchrashi mumkin: U yurtiniyam, xalqiniyam boqdi. Faqat, -gina yuklamalari o’rnida yolg’iz so’zi qo’llana oladi> Bu yolg’iz nomgina xolos.

5.Inkor yuklamasi: na takroriy qo’llanadi: Na o’qidi, na yozdi.

6.Aniqlov yuklamalari — xuddi, naq. Xuddi shu yerda uchrashamiz.

7.Gumon yuklamasi: - dir. Uyiga yetib borgandir.



Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 15:52:03

14.3.2. Yuklamalarning yozilishi.

1)—mi, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina) yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
2)—chi, -ku , -u (-yu), -a (-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? Keldi-ku!

ESLATMA: Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan —u (-yu) yuklamasi kirillcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi. Gapu so’z ko’paydi.

3)faqat, ham, hatto, axir so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.


Keyingi mavzu: Alohida olingan so’zlar guruhi. Modal so’zlar.

Qayd etilgan


Robiya  16 Aprel 2008, 15:39:04

Alohida olingan so’zlar guruhi

15.1. Modal so’zlar.

So’zlovchining o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi. Ehtimol, bugun yetib kelar.

  Modal so’zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:

1.Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so’zlar:
1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat; 
2) fikrning qatiyligi ta'kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so'zsiz;
 3) ishonch: albatta; 
4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o’z-o’zidan; 
5) fikrning chinligi eslatiladi: to’g’ri, hoynaxoy, muhaqqa, aslida, darvoqe, rostdan.

2.Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so’zlar:  
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog’i; 
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3.Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
4.Afsuslanish: afsus, attang, esiz.
5.Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
6.Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo’q.

Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so’zlar ham mavjud.
  Modal so’zlarning ko’pchiligi mustaqil so’zlardan o’sib chiqqandir:

1)Ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;
2)Sifatdan: so’zsiz, shubhasiz, tabiiy;
3)Ravishdan: albatta;
4)Fe’ldan: hoynahoy (tojikcha hohi-nahohi so’zidan);
5)Bog’lovchidan: balki;
6)So’z birikmasidan: har qalay, har holda;
7)Gapning modal so’zga aylanishi: holbuki (Hol buki);
8)So’z tushirish natijasida hosil bo’lgan: o’z-o’zidan (aniq so’zi tushib qoladi).

  Modal so’zlar gap tarkibida ko’pincha kirish so’z bo’lib keladi.


Qayd etilgan


Robiya  16 Aprel 2008, 15:44:56

15.2. Undov so’zlar haqida ma’lumot.

  His-hayajon, tuyg’uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so’zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, ofarin, salom, xayr, obbo, ey, ehhe, iye, o’h, o’hho’, hm, be, tuf, hah, hoy, eh, iyi. Bu so’zlar mustaqil so’zlarga ham yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan ayrim so’z turkumidir.
  Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo’llanishi mumkin: ah, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay.

  Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
 
 Undovlar ma’no jihatidan ikki turli bo’ladi:

1.His-hayajon undovlari quyidagui ma’nolarni ifodalaydi:
1) shafqat, mehribonlik: iye, o, voy, voy-ey, eh;
 2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o’h-ho’, ehe; 
3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay, oh-oh; 
4) mamnuniyat, faxrlanish, mag’rurlanish, xayrixohlik: e-ha, eh, ha-ya, o’;  5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha.

His-hayajon undovlari odatda gap bo’lagi vazifasida qo’llanmaydi, ular kirish so’z vazifasini bajaradi. Undovlar yozuvda gap bo’laklaridan vergul bilan ajratuiladi. Agar undov kuchli bo’lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
  Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lekin mustaqil so’zlardan undovlarga ko’chgan so’zlar ham mavjud: Kel, bir bahslashaylik! Bu gapdagi kel so’zi fe’l emas, balki undovdir.
  His-hayajon undovlari, odatda, gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so’z, yoki so’z-gap bo’lib kelishi mumkin: Iye, men kimni ko’ryapman? — Dod!  - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.

  2. Haydash — chaqirish undovlari ikki xil bo’ladi:

 1) odamlarga qaratilgan undovlar:
a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo’llanadigan: hey, allo, ey; 
 b) ta’kid, buyurish uchun qo’llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 

2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar:
a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo’llanadigan: kisht, bah-bah, qurey-qurey; 
b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to’xtatish uchun qo’llanadigan: ishsh, xo’k, tak;   
v) Hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: pisht, drr, xix, hov-hov, cho’k, tek, hayt, chu.
                                                                                                     

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 14:15:55

15.3. Taqlid  so’zlar.
   

  Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi. Bunday so’zlar mano jihatidan ikki turga bo’linadi:
  1.Tovushga taqlid bildiradigan so’zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq —tuq, g’arch-g’urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo’o’, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, qu-qu, qa-qa, g’a-g’a, qag’-qag’, pit-pildiq, parr, viz-viz.

  2.Holatga taqlid bildirgan so’zlar: yalt-yult, apil-tapil, g’uj-g’uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo’lt-mo’lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g’ivir-g’ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil, kabi.

  Taqlid so’zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo’llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so’zlar orasiga chiziqcha qo’yiladi.
  Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi  bo’la oladi: Shamol g’ir —gi’r (hol)esmoqda.
  Tovushga taqlid so’zlar ba’zan otlashib, ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarini qabul qiladi: Odamlarning g’ovur- g’ovuri bosildi. Yuragining duk-dukini eshitdi.

Keyingi mavzu: Sintaksis

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 14:19:11

16- Ma’ruza. Sintaksis

  Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’z birikmalari, gap turlari o’rganiladi. "œSintaksis" grekcha bo’lib, "œtuzish" demakdir.

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 14:25:09

16.1. So’z birikmasi haqida ma’lumot.

 Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatidan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi degan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud: 1) Erkaklar va ayollar; 2) Erkaklar to’planishdi; 3) Ayollar to’planishdi; 4) Maydonda to’planishdi.
 
So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri bilan ikki xil bog’lanadi:
Teng bog’lanish;
Tobe bog’lanish.


  Teng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng bog’lovchilar  yordamida bog’lanadi: erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Tobe bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: maydonda to’planishdi. Bir-biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kesimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi: Erkaklar to’planishdi.
  Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no, grammatik va ohang jihatidan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi.
  So’z birikmasida bosh va ergash so’z bo’ladi. So’z birikmasida ma’nosi izohlanayotgan so’z bosh (hokim) so’z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z ergash (tobe) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt bosh so’zdan ergash so’zga beriladi: Shirin olma (qanday olma?).
  Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh yoki harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, vazifani bajarish.
  Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarish, tez kelgan.
  So’z birikmalari tuzilishiga qarab ikki xil bo’ladi:
  Sodda birikma faqat ikkita mustaqil so’zdan tuzilgan bo’lishi mumkin (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): beshta daftar, bugun keldi, o’zining uyi, shaharda yashaydi, akasi haqida so’radi. Ajralmas birikmalar, iboralar qatnashgan birikmalar ham sodda so’z birikmasi hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kelmas oroli.
  Murakkab birikma tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfal’t yotqizilgan keng ko’chalar, katta mevali daraxt, bugun kelgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kengayadi.

ESLATMA: ega va kesim qatnashgan gap tarkibida nechta mustaqil so’z mavjud bo’lsa, shundan 2 ta kam miqdorda so’z birikmasi mavjud bo’ladi: Men bugun maktabga bordim (4 ta mustaqil so’z). So’z birikmalari: 1) bugun bordim; 2) maktabga bordim. Egasiz gaplarda esa so’z birikmalari soni mustaqil so’zlar sonidan bitta kam bo’ladi: Ertaga tong bilan jo’naymiz (3 ta mustaqil so’z). So’z birikmalari: 1) ertaga jo’naymiz; 2) tong bilan jo’naymiz.

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 14:32:13

16.2. So’z birikmasining so’z, sintagma va gapdan farqi.

  So’z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz.
  So’z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so’zga o’xshab ketadi, ammo so’z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi — a’lochi o’quvchi, yozish — tez yozish.
  Sintagma fonetik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi.
  Gap fikr bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Shu xususiyati bilan gapdan farq qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2008, 14:39:26

16.3. Ergash so’z va bir so’zning birikish usullari.

  Ergash so’z bosh so’z bilan quyidagi usullari yordamida birikadi:

Boshqaruv. Bosh so’zning talabi bila ergash so’zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi> Boshqaruvda ergash so’z bilan bosh so’zning birikishi ikki xil bo’ladi:

  ular o’zaro tushum, jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kelishigi qo’shimchasi yordamida birikadi (kelishikli boshqaruv): Ilg’orlarni tabriklash, uyga ketish, shaharda yashash, qishloqdan kelish.
  Ular o’zaro ko’makchilar yordamida birikadi (ko’makchili boshqaruv): Sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to’g’risida gapirish.

  Ayrim hollarda grammatik vosita bo’lmasligi ham mumkin: Olma terish, shahar borish.
  Boshqaruvda tobe so’z ot yoki ot o’rnida qo’llanadigan so’zlardan, shuningdek, harakat nomi va sifatdoshdan iborat bo’ladi. Bosh so’z vazifasida esa ko’pincha fe’l qo’llanadi. Ba’zan bu vazifada ot, sifat, ravish va boshqa so’zlar ham qo’llanishi ham mumkin.
  Boshqaruvda ko’pincha ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi, she’riy asarlarda qofiya talabi bilan bosh so’z oldin, ergash so’z keyin kelishi mumkin.

  Moslashuv bosh so’z bilan ergash so’zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so’z qaratqich kelishigi hamda egalik qo’shimchasi yordamida birikadi: qaratqich kelishigi qo’shimchasi ergash so’zga, egalik qo’shimchasi bosh so’zga (ba’zan har ikkalasiga ham) qo’shiladi: ukamning kitobi. Ega va kesim ham moslashuvda bog’lanadi.

  Moslashuvda odatda ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi. Ba’zan she’riy asarlarda bosh so’z avval, ergash so’z keyin keladi: Qalbim mening quvonchga to’ldi.
  Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo’shimchasi tushirilishi mumkin: maktab hovlisi, bizning maktab kabi.
  Moslashuv usuli bilan shakllangan birikmalar asosan otli birikmalar hisoblanadi, chunki ot bilan ot qaratqich kelishigi yordamida bog’lanishi ma’lum.
  Nutqimizda uchraydigan a’zoyi badani, oynayi jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birikmalar bir so’z sifatida qo’llanaveradi.

  Bitishuv. Ergash so’zning bosh so’z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatidan yoki so’z tartibi yordamida birikishi bititshuv deyiladi. Bitishuvda doim ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi: tiniq suv, katta ko’cha. Ularning o’rni o’zgartirilsa, gap hosil bo’ladi: Suv tiniq. Ko’cha katta.

  Bitishuvda ergash so’z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so’zlar keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o’qigan odam. Bosh so’z ot va fe’l so’z turkumidan iborat bo’ladi.
  Birga o’qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash kabi birikmalar o’rin-payt, jo’nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari, ko’makchilar bilan bog’langan bo’lishiga qaramay, boshqaruv emas, balki bitishuv sanaladi.
  Devor soat, uy vazifa, ot to’rva, non zavod kabi xoslik, mansublik munosabatini bildiradigan birikmalar ham bitishuv munosabatiga misol bo’la oladi.
  ESLATMA: nutqimizdagi ikki qavatli maktab, qish faslida borish kabi birikmalar tarkibidagi ikki qavatli, qish fasli birikmalari bir butunicha maktab, borish so’zlariga bog’lanadi, shuning uchun ikki qavatli, qish fasli birikmalari ajralmas birikma deb yuritiladi.

Qayd etilgan